Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”

23 Noy 2024

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                                 23.11.2024

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi anjumanlar zalida 2024 yil 23 noyabr kuni kursant tiglovchilar hamda klinik ordinatorlar bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaxsning qadr qimmatini e’zozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyati yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o’zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatar kuchayib bormoqda. Shu munosabati bilan Markaz yoshlarining aql-zakovati, bukilmas irodasi va salohiyatiga o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib dadil qadamlar bilan oldinda borishlari shartligi Bu - bugungi hayot, bugungi zamon talabi ekanligini his etishlari borasida hamda Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat suvereniteti, millat suvereniteti, xalq suvereniteti tushunchalari uning kelib chiqishi, turlari, tarixi haqida “Pediatriya” fakultetining “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati” kafedrasi mudiri, professor M.N.Nuridinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

So’ng kafedra dotsenti X.A.Xaydarova “Konistitutsiya – qadr qimmatim!” mavzusida o’zining qiziqarli prezintatsion ma’ruzasini taqdim etdi.  Dunyoqarashini boyitadigan ma’naviy-ma’rifiy mavzular har sohada ildamlayotgan kasb egalari uchun muhim o‘rin tutadi, jumladan, yoshlar uchun ham.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                 Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                M.B.Mustafoyeva