Abdullaev Farxat Xasanovich
Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasini katta o’qituvchisi.
1959 y 22 fevralda Xitoy xalq respublikasi Urumchi shaxrida ziyolilar oylasida tavallud topganlar, uyg'ur. 1986 y Voronej Davlat Medisina institutini davolash fakultetini va Tashkent vilyati Almalik shaxrida internaturani terapiya buyicha tugatib Tashkent vilyati O'rtachirchiq rayoni Toytepa shaxrida ish faoliyatini terapevt bo'lib boshladilar. 1987 Noxiya markaz shifoxonasi. Poliklinika terapevti.1988y Asab kasalliklar bo'limi–nevrologi.1992 Bosh shifokorning pulliy xizmat buyicha movuni.,
1995y Toshkent Mirzo-Ulugbek noxiyasi 20 poliklinika. Nevrolog.2002y Siriya Arab Respublikasiga yuborilgan, shartnoma asosida shifokorlik,2003y 1 Shaxar ruxiy-asab kasalliklar dispanseri, ambulator bulimi-uchastka psixiatri, 2004y 1 Shaxar ruxiy-asab kasalliklar dispanseri, ambulator bo'limi-uchastka psixiatri, 2006y ToshVMOI. «Narkologiya va bolalar psixopatologiyasi» Kafedra assistenti,2018y Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi «Psixiatriya va psixoterapiya» kafedrasi assisitenti.
2021 yil sentyabr oyidan TXKMRM Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasining katta oʻqituvchi lavozimiga oʻtkazildi.
Kafedrada Ma'daniyat va Ma'rifat buyicha, valeologiya fani bo’yicha, kompyuterlar, multimediyalar ishlatish bo'yicha, xamda kafedrani moddiy boyliklariga ma'sul.
Alimov Ulugbek Xudoyarovich
Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
Andijon shahrida ziyolilar oilasida tavalud topgan. 1987 yilda ToshkentDavlat Tibbiyot Institutining Davolash fakultetini tugatib, 1988 yilda Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish instituti klinikasining shifokor psixonevrologi bulib ish faoliyatini boshlagan. 1991yilda Toshkent shahar ruxiy kasalliklar klinik shifoxonasining shifokor-psixiatri, 1995-1998 yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasiningdoktoranti boʻlgan. 1998yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasining assistenti, 1999-2000 yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasining dosenti, 2000-2001 yillarda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasining professori lavozimida ishlagan. 2001yildan hozirgi kunga qadar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Psixiatriya va psixoterapiya” kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. Alimov U.X. Oʻzb.Res SSV Pixiatriya bosh mutahassisi, 70 ortiq ilmiy maqolalar , 90 dan ortik tezislar, 11 ta oʻquv dasturlari, monografiya, 10 dan ortiq uslubiy qoʻllanmalar, 2 ta darslik muallifi. Faoliyati davomida Rossiya, AQSh, Fransiya , Germaniyada malaka oshirgan. 5 ta tibbiyot fanlari doktori, 30 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodi tayinlagan. Xozirgi kunda 3 ta imiy izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Axmedov Sanjar Akbarovich
Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi dosenti, t.f.n.
Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1988 yil Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining Davolash fakultetini bitirgan. Institutni muvaffaqiyatli bitirganidan soʻng, Rossiyaning Tver shahrida shifokor intern sifatida faoliyatini boshlagan. 1989 -2008 yillar davomida Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida shifokor ordinator keyinchalik, boʻlim mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2007 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan, 2011 yil dosentlik unvonini olgan. 2008-2017 yillarda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya kafedrasida assistent, lavozimida, dosentlik lavozimida ishlagan. 2017 yildan “Global Med System” xususiy klinikasida psixoterapevt lavozimida ishlab kelmokda. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasida 2021 yildan beri tashqi oʻrindosh sifatida faoliyat olib bormoqda. Amedov S.A. 57 ilmiy maqolalarga, 50 ortiq tezislarga, 1 ta monografiya, 4 ta medodik qoʻllanmalarga mualliflik qilgan.
Xasanova Kamola Dilavorxodjaevna
Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi assistenti
Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.2012 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining Tibbiy pedagogika fakultetini bitirgan. 2015 yil Narkalogiya ixtisosligi boʻyicha magistraturani tamomlab, Shahar narkologiya dispanserida oʻsmirlar narkologi lavozimida ishlagan, shu yilning sentyabr oyidan Toshket tibbiyot akademiyasining Psixiatriya va narkologiya kafedrasida assistentlik lavozimida faoliyatini olib borgan.2016 yilning sentyabr oyidan, xozirgi kunga qadar – Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Psixiatriya va psixoterapiya” kafedrasi assistenti sifatida faoliyatini davom ettirmokda. Kafedrada oʻquv ishlariga, tabellar, xoʻjalik hisobidagi sikllar monitoringiga ma'sul. 9 yillik pedagogik stajga ega. 11 ta oʻquv dasturlariga, 1 ta uslubiy tavsiyanomaga, 8 ta ilmiy maqolalarga, 30 dan ortiq tezislarga mualliflik qilgan.
Zokirov Mirzoxid Mirsobitovich
Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi assistenti
Toshkent shaxrida ziyolilar oylasida tavallud topgan,
2000 yil Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot institutining Davolash fakultetini tugatib, Toshkent shahar tez tibbiy yordam 9 chi shaxobchasi chaqiruv shifokori bulib ish faoliyatini boshlagan. 2004 yil Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot institutining Narkologiya ixtisosligi boʻyicha magistraturani tamomlab, 2005 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining Psixiatriya va narkologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda, 2021 yildan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi «Psixiatriya va psixoterapiya» kafedrasida assistent lavozimida tashqi oʻrindosh boʻlib faoliyat olib bormoqda.
19 yillik pedagogik stajga ega. Kafedrada xoʻjalik hisobidagi guruhlarga rahbarlik qilib kelmoqda. Zokirov M.M. 14 ilmiy maqolalar, 40 dan ortiq tezislar, 5 ta oʻquv uslubiy qoʻllanmalar, 1 ta monografiya va 2 ta DGU ga ega.