Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor 1974 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.
1997 yilda II – Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining sanitariya-gigiena fakultetini bitirgan.
1997-2002 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Umumiy va neorganik kimyo” institutida kichik ilmiy xodim lavozimida ishladi.
2000 yilda «Yangi pestitsid XS-2 ni toksikologik baholash va atrof-muhit obʻektlaridan gigienik jihatdan meʻyorlash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
2002-2007 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari Ilmiy tadqiqot institutida “Bolalar va o‘smirlar gigienasi” laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida ishladi.
2006 yilda «18-27 yoshli o‘smirlar organizmining jismoniy qobiliyati va morfofunktsional rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari, qonuniyatlari va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari» mavzuida doktorlik dissertatsiyasi ishini himoya qildi.
2007 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining epidemiologiya kafedrasida professor, kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Chop etilgan 367-ta ilmiy ishlarning muallifi. Shulardan: 6-monografiya, 245-maqola (115-ilmiy ishlar to‘plamida; 130-jurnallarda, ulardan 20-tasi chet ellarda chop etilgan). 15-O‘zR sanitariya meʻyorlari, qoida va gigienik normativlari, 2- Qurilish meʻyorlari (KMK), 60- uslubiy tavsiya va qo‘llanma; 30-o‘quv uslubiy qo‘llanma, 20-o‘quv dasturi va 4-ixtiroga mualliflik haqidagi maʻlumotnoma. Hozirgi kunda uning rahbarligida 1-ta nomzodlik va 1-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bajarildi va 2-ta doktorlik dissertatsiyasi ishi bo‘yicha ilmiy maslahatchi bo‘lib hisoblanadi.
Oilali, bitta farzandi bor.