Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ikramov Adxam Ilxamovich

Ikramov Adxam Ilxamovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.

Prof. Slonim M.I. prof. Abdurasulov D.M. prof.Mirganiev Sh.M. prof.Shakirov E.A. prof. Ikramov A.I.

        Rentgenologiya kafedrasi (xozirgi kunda, tibbiy radiologiya) 1932 yilda professor Slonim M.I. rahbarligida tashkil etilib, mazkur kafedra  ilk faoliyatini kurs sifatida boshlaydi. Dastlab kafedrani o‘quv kursi sifatida professor Mankus G.V. boshkaradi. 1936 yildan boshlab o‘quv kursi kafedraga aylantirildi va 1952 yilgacha professor Stekolnikov A.S. boshqardi. Usha yillarda kafedra kadrlar yetishtirish bilan bir qatorda odam organizmining rentgen anatomiyasi bilan shug‘ullangan.

         1952-1970 yillarda kafedrani professor Abdurasulov D.M. boshqardi. 1959 yilda prof. Abdurasulov D.M.  Rentgen – Radiologiya ilmiy tekshirish institutiga tashkil qiladi va kafedra shu bazaga ko‘chiriladi. Kafedraning ilmiy ishlari rentgen va chiziqli tomografiya yordamida ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i aʻzolari, oshqozon-ichak sistemasi, siydik chiqarish sistemasi va  suyak-bo‘g‘im sistemasi kassaliklarini, shu bilan birga birlamchi va tarqalgan o‘sma kasalliklariga tashxis qo‘yishga qaratilgan edi. Kafedrada bu davrda 4 ta ilmiy ishlar to‘plami, 10 ta monografiya, 5 ta tibbiyot fanlari doktori, 10 ta tibbiyot fanlari nomzod tayyorlagan.

     1968 yilda kafedra ikkiga bo‘linadi. Birinchi rentgenologiya kafedrasini professor Mirganiev Sh.M. boshqardi. Ikkinchi rentgen – radiologiya kafedrasini professor Mansurov A.R. boshqaradi. 1976 yilga kelib ikki kafedra bitta kafedraga aylantirildi. 1976 -1998 yildarda birlashtirilgan kafedrani prof.Mirganiev Sh.M boshqardi. Bu yillarda kafedrada dotsent Yenikeeva R.G., t.f.n. Buravixina V.N., t.f.n. Oster A.V., t.f.n. Bajenova T.F., t.f.n. Galieva S.G, t.f.n. Buravixina V.N.  kabi professionallar va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedrani ilmiy ishlari nafas olish organlari, ko‘ks oralig‘i organlari, oshqozon-ichak va suyak-bo‘g‘im sistemasi kasalliklarida rentgen tashxis qo‘yishga qaratilgan edi. Kafedrada bu davrda 4 ta mnografiya, 35 ilmiy maqolalar nashr qilindi.

        1998 yildan 2007 yilgacha kafedrani professor Shakirov E.A. boshqardi. Bu davrda kafedra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saklash Vazirligi qoshidagi Onkologiya ilmiy markazida joylashgan edi va 2001 yildan boshlab kafedra Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga ko‘chirildi. 2007 yilda rentgenologiya kafedrasi tibbiy radiologiya kafedrasi deb nomlandi va kafedra nafaqat vrach-rentgenolog balki, kompyuter tomografiya, ultratovush va radionuklid tashxisi vrachlari tayyorlay boshlagan.

      Bu davrda kafedra xodimlari 52 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chiqarishdi. Professor Shakirov E.A. boshchiligida 5 ta nomzodlik dissertatsiya, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan edi, 18 ta klinik ordinator tayyorlangan.

        2008 yil boshlab, hozirgi kunga qadar kafedrani t.f.d. Ikramov A.I. boshqarmoqda. Hozirgi kunda kafedrada vrach-rentgenologlarni, vrach-radiologlarni  umumiy va tematik malaka oshirish tsikllari, boshqa mutaxxasislarni rentgenologiya, kompter va magnitno-rezonans tomografiya, ultratovush va radionuklid tashxisi bo‘yicha qayta tayyorlash tsikllari o‘tqaziladi. Kafedrada “Klinik radiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorlar o‘qitiladi va xozirgi kunda barcha zamonaviy nur tashxis usullarini egallagan 120 ga yaqin bitiruvchi tayyorlangan.

        Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i aʻzolari, bosh miya, bosh suyagi va umurtqa pog‘onasi shikastlanishi va kasalliklarida  zamonaviy nur tashxis usullarini yaxshilash. 2008 yildan boshlab xozirgi kunga qadar kafedra xodimlari  100 ga yaqin ilmiy maqola, 10 o‘quv-metodik qo‘llanmalar, o‘quv-metodik ishlanmalar nashr etildi. Professor Ikramov A.I. boshchiligida 4 ta nomzodlik dissertatsiya, 3 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 2 ta PhD va 1 ta DSc dissertatsiya tayyorlanmoqda. Har yili kafedrada o‘rtacha 25 klinik ordinator o‘qitiladi. Kafedra xodimlari respublikadagi va xorijiy davlatlardagi konferentsiya va seminarlarda qatnashishadi, Uzbekiston Radiologlar Jamoasini va boshqa xorijiy radiologlar jamoalari aʻzolari hisoblanishadi.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-