Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Xamrabaeva Feruza Ibragimovna

Xamrabaeva Feruza Ibragimovna
T.f.d. professor, kafedra mudirasi.

TXKMRM «Gastroenterologiya va fizioterapiya» kafedrasi

 

     Kafedra 1945 yilda tashkil topgan. Birinchi kafedra mudiri bo‘lib, 1945-1955 yilgacha professor D.A. Kogan faoliyat yuritgan.

     Kafedra rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mutaxassislaridan:

Ilinskiy I.P., Alimova M.YU.,  Ilxamdjanova D.X.,  Arslanova D.M., Salixova M.R., Akramxodjaeva L.A., Azimova F.I., Azimova F.I., Avazmatova X.R., Madunseva O.G., Frolova L.V., Turikov A.A., Arifjanov B.X, Xasanova X.D.lardir.

     Hozirgi kunda kafedraga intiluvchan, irodali,  yuqori malakali mutaxassis  rahbarlik qilib kelmoqda.

 

 

Xamrabaeva Feruza Ibragimovna

 

kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Respublika Bosh fizioterapevti, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Terapiya fakulteti dekani, TXKMRM ilmiy va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.

     1994 yilda  Surunkali pankreatitli bemorlarni fizioterapiya usullari bilan reabilitatsiya qilish  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini,         

2005 yilda YAra kasalligining patogenezida vegetativ buzilishlar va bioximik balansning roli  va davolash usullarini optimizatsiyasi mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kildi.

     2006 yildan boshlab uning rahbarligi ostida 4 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlandi. Hozirgi kunda esa 1 ta doktorlik dissertatsiyasi va 3 ta filosofiya fanlari doktori unvoniga dissertatsiya himoyaga tayyorlangan.

SHu kungacha 12 ta monografiya, 350 dan ortiq ilmiy maqola va tezis, 30 dan ortiq uslubiy tavsiyanoma chop etilgan xamda  6 ta axborot xatlari, 100 dan ziyod o‘quv dasturlari, 1 ta ilmiy tadqiqot patenti tayyorlangan.

     Xamrabaeva F.I. Evropa pankreatologlar Assotsiatsiyasi, Rossiya gastroenterologlar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston terapevtlar assotsiatsiyasi, Rossiya gastroenterologlar ilmiy jamoasi a’zosi, shu bilan birga bir qator tahrir Kengashi va tahrir xay’ati a’zosi. 2018 yildan buyon “Salomat bo‘ling” va “Budte zdorovы» jurnali bosh redaktori bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.  Bundan tashqari, F.I. Xamrabeva «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» unvoni, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

 

 

     Ko‘p yillar davomida kafedraning klinik bazasi sifatida  fizioterapiya va kurortologiya ITI, keyinchalik esa O‘z R SSV Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi faoliyat yuritdi. 2020 yildan boshlab kafedra Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi xududida faoliyat yuritib kelmoqda.

     Sog‘liqni saqlash tizimida modernizatsiya va qayta shakllantirish jarayonida 1947 yilda kursantlar tarkibi o‘zgardi. SHifokorlarni yangi mutaxassislik-  «Qayta tiklash tibbiyoti» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish extiyoji paydo bo‘ldi. Qayta tiklash tibbiyoti o‘zining tarkibiga fizioterapiyadan tashqari «Davolash  jismoniy tarbiyasi»,  «Sport tibbiyoti», «SHifokor nazorati” F.I. Xamrabaeva tashabbusi bilan kafedra  «Gastroenterologiya va fizioterapiya» deb nomlandi. SHu yili endoskopik tekshiruv xonasi tashkil qilindi. 2007-2009 yillar davomida  kafedrada malaka oshirish, qayta tayyorlash va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun gastroenterologiya, gepatologiya, pankreatologiya, dietologiya, fizioterapiya, kurortologiya, davolash jismoniy tarbiyasi, lazeroterapiya, va sport tibbiyoti bo‘yicha yuzlab  o‘kuv dasturlari yaratildi. Bu dasturlar gastroenterologiyadan shifokorlarni qayta tayyorlash va fizioterapiyadan mavjud bo‘lgan klinik ordinatorlar tayyorlashga mo‘ljallangan .

     Hozirgi kunda kafedrada yuqori malakali, o‘z ishini puxta bilgan, innovatsion texnologiya   yangiliklarini qo‘llab-quvvatlovchi  xodimlar  faol mehnat qilib kelmoqdalar.

 

        

Yuldasheva Gulchexra Rustamovna

kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari doktori

 

2011 y. gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasida aspiranturani tugatib, F.I. Xamrabaeva rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini «Klinicheskaya otsenka antibakterialnoy i zamestitelnoy fermentnoy terapii xronicheskogo pankreatita v usloviyax Uzbekistana», 2018 y. “Rol xronicheskogo pankreatita v razvitii insulinorezistentnosti i puti korreksii metabolicheskix narusheniy” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.   

2018 y.dan beri kafedrada o‘quv uslubiy ishlar bo‘yicha javobgar bo‘lib ishlab kelmoqda. Oshqozon ichak tizimi kasalliklarini zamonaviy tashhislash, davolash va profilaktikasi bo‘yicha muntazam izlanishlar olib boradi. XKMRM Olimlar Kengashining taklif etilgan a’zosi, terapiya fakulteti Kengashi doimiy a’zosi, RSTIAM sport tibbiyoti – 14.00.38 va tibbiy reabilitatsiya – 14.00.12 mutaxassisligi bo‘yicha Ilmiy Seminar va Ilmiy Kengash doimiy a’zosi, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning kirish imtihoni va malakaviy imtihoni komissiya a’zosi. 2023 y.dan buyon  MADA qoshidagi TI ekspert komissiya a’zosi, Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyati a’zosi.   Bundan tashqari O‘zbekiston sport shifokorlari Assotsiatsiyasi a’zosi.

     Doimiy ravishda Ilmiy Seminar va Kengashlarda taqrizchi va rasmiy opponent sifatida ishtirok etib keladi.

     4 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar, 2 ta axborot xati va 70 dan ortiq  o‘quv dasturlar yaratgan.    

 

 

Yuldasheva Lola Irkinovna

kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi

 

2008 yil sentyabrdan hozirgi kungacha TXKMRM «Gastroenterologiya va fizioterapiya» kafedrasida dotsent bo'lib ishlaydi. Ish faoliyati davomida kafedraning turli yo'nalishlari bo'yicha 50 dan ortiq o'quv va ish dasturlari ishlab chiqilgan: fizioterapiya, kurortologiya, lazer terapiyasi, sport tibbiyoti, jismoniy mashqlar terapiyasi va tibbiy nazorat, gastroenterologiya, gepatologiya,  dietologiya. malaka oshirish, shifokorlarni qayta tayyorlash va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun.

 Fizioterapiya va boshqa tegishli yo'nalishlar bo'yicha nafaqat respublika doirasida, balki chet ellarda ham stajirovka va malaka oshirish kurslarini o'tkazib , o'z kasbiy darajasini bir necha bor oshirdi.

 Xalqaro va respublika konferensiyalarida, simpoziumlarda ,kongresslarda doimiy ishtirok etadi. u erda bir necha bor ma'ruzachi va moderator sifatida ishtirok etdi.

THKMRM ko'p tarmoqli klinikasi bo'limlarida bemorlarni tekshirishda faol maslahat va terapevtik yordam ko'rsatadi .

 Bir necha yil davomida TXKMRM terapiya fakultetida terapiya bo'yicha maxsus kengashning ilmiy kotibi bo'lib ishlagan. U TXKMRM ilmiy Kengashining taklif etilgan a'zosi, terapiya fakultetining ilmiy kengashi a'zosi, sport tibbiyoti bo'yicha ixtisoslashtirilgan kengash va ilmiy seminar a'zosi. Dissertantlarni nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishga tayyorlashda bir necha bor sharhlovchi bo'lgan , shuningdek, turli o'quv qo'llanmalari va metodik tavsiyalar O'zR sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi terapevtik profilning tor mutaxassisliklari bo'yicha attestatsiya komissiyasi kotibi ishini olib boradi..

 Shuningdek, markazning ijtimoiy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy ishlarida faol ishtirok etadi.

 

 

Qodirova Saodat Raximjonovna

kafedra assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi

 

1973 yilda toshkent shaxrida tug‘ilgan.mehnat faoliyatini 2001 yilda 1toshgosmi farmakologiya kafedrasida aspiranturadan boshlagan.2005 yilda “k mexanizmu gastroduodenalnыx pobochnыx effektov selektivnыx i neselektivnыx ingibitorov izoform siklooksigenazы”nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2007 yildan to shu kungacha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “gastroenterologiya va fizioterapiya “kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.txkmr markazi ilmiy va jamoat faoliyatida aktiv ishtirok etadi.”Optimizatsiya metodov nemedikamentoznogo lecheniya i profilaktiki disbioza kishechnika u bolnыx yazvennoy boleznyu dvenadsatiperstnoy kishki”14.00.43 tibbiy profilaktika shifri bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlab qo‘ygan.100dan ortiq maqolalar.10 ta metodik tavsiyanomalar chop ettirgan. Kafedrada ma’naviyat ma’rifat bo‘limiga javobgar.

 

 

Atabaeva Saodat Muzaffarovna

kafedra assistenti

 

      Kafedrada 2008 yildan buyon ishlab kelmoqda. Kafedraning ilmiy ishlariga ma’sul. Terapiya fakulteti ilmiy kengashi kotibasi va a’zosi. Davolash jismoniy tarbiyasi va sport tibbiyoti bo‘yicha shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.

    Saodat Muzaffarovna «Gastropatiyali bemorlarda xelikobakteriozning klinik-morfofunksional xususiyatlari» mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini yozishni yakunlab, uni himoya qilishga hozirlamoqda. Ilmiy tadqiqot ishi xelikobakteriozli gastropatiyalarni, ularning erta diagnostikasi va davolashini, shu jumladan  keksa bemorlarda o‘rganishga bag‘ishlangan. Horijiy va milliy jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. U turli konferensiyalarda ma’ruzalar va ilmiy maqolalar bilan qatnashgan.

  

 

Kayumov Aziz Ilxamovich

kafedra assistenti

 

03.11.1985 tavallud topgan, 2011 yil Samarkand Davlat Tibbiet Institutini «Pediatriya ishi» yunalishini tamomlagan va shu oliygoxda 2014 yili «bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi» yunalishi buyicha magistraturani bitirgan.  2017 yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Sport tibbieti buyicha mutaxassisligini olgan. V 2021 godu poluchil gosudarstvennuyu nagradu «SHuxrat». Tokio 2020 olimpia uyinlariga tayergarlikdagi xizmatlari uchun 2021 yili davlat raxbari tomonidan «SHuxrat» medali bilan taqdirlangan. Xozirda “Futbolchilar va yuguruvchilarda jismoniy ish qobiliyatini qiesiy tashxislashda chidamkorlik genini urni” buyicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Xozirgi kunga qadar 3 ta maqola va 4 ta tezislar muallifi.

 

     Hozirgi kunda «Gastroenterologiya va fizioterapiya» kafedrasi Respublika gastroenterologlar forumi va  milliy reabilitologlar anjumani tashkilotchisi  bo‘lib kelmoqda. YUbiley yilida F.I. Xamrabaeva raisligida VII  gastroforum va III milliy reabilitologlar anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

 

IV Xalqaro onlayn gastroforum. 2020y.

 

 

IV Xalqaro onlayn gastroforum. 2020y.

 

 

V Xalqaro onlayn gastroforum. 2021y.

 

 

V Xalqaro onlayn gastroforum. 2021y.

 

 

III Respublika  reabilitologlar forumi 2021y.

 

  

Kafedra jamoasi xalkaro faoliyatni faol olib bormoqda. 

Har o‘quv yilida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkaziladi (Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ukraina, AQSH, Xindiston, CHexiya va b.)  Kafedra mudiri quyidagi xalqaro ilmiy tadqiqot ishlarida O‘zbekistondan koordinator sifatida ishtirok etadi:

Kislotaga bog‘liq kasalliklarda PPI xossalarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro klinik tadqiqot (Xindiston, O‘zbekiston, 2018y.),  UDXK aterogen xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha (ko‘pmarkazli observatsion tadqiqot) xalqaro nointervetsion kuzatuvchi dastur (CHexiya, Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, 2019y.) Kafedra xodimlari xar yili MDH (Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston, Ukraina, Gruziya ) xamda chet el mamlakatlarida malaka oshirib kelmoqdalar.

     Bugungi kunda kafedrada samarali o‘qitish jarayoni uchun barcha qulayliklar yaratilgan, uzluksiz ravishda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i ishlaydi, Moodle tizimida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan, bu esa elektron o‘quv materiallarini saqlash va o‘rganish uchun juda qulay imkoniyat yaratgan. Moodle tizimining afzalligi shifokor qaysi xududda bo‘lishiga qaramay, internet tarmog‘i orqali o‘quv materiallari bilan tanishib, masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin. Kafedra xodimlari va tinglovchilari uchun kompyuter, multimedia bilan ta’minlangan shinam o‘quv xonalari va ma’ruza zallari  mavjud.  Bundan tashqari tinglovchilar mustaqil shug‘ullanishlari, amaliy ko‘nikmalar o‘tkazish uchun yangi fizioterapevtik apparatlar xonasi, sport uskunalari bilan ta’minlangan trenajyor zali  xamda xodimlar va tinglovchilar uchun zamonaviy  ARM tashkil qilingan.

     SHu jumladan, kafedra xodimlari auditoriya jixozlari orqali  on line konferensiya va konsultatsiya o‘tkazish jarayonida konferensaloqaga chiqib,  xamkasblari bilan muloqotda bo‘lish   imkoniyatiga ega.  

Ma’ruza mashg‘ulotlari  nazariy va amaliy jixatdan to‘laqonli boyitilgan bo‘lib, barcha  ma’ruza mazulari  bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlangan.

Amaliy mashg‘ulotlar  vaqtida shug‘ullanish uchun ko‘plab klinik va uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar xamda  kafedradagi barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar  mavjud.

O‘tilgan materiallarni mustaxkamlash uchun markaz klinikasida sikl tinglovchilari bilan birga professor ko‘rigi o‘tkazilib, bemorlar klinik tahlil qilinadi.

 

Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari quyidagilar:

 

1. Optimizatsiya lecheniya patsientov s yazvennoy boleznyu assotsiirovannыy Helicobacterpylori s sindromom vegetativnoy distonii

2. Optimizatsiya lecheniya NPVP gastropatiy u patsientov s zabolevaniyami oporno-dvigatelnogo apparata

3. Profilaktika tolstokishechnogo disbioza, kak sledstvie eradikatsionnoy terapii pri yazvennoy bolezni dvenadsatiperstnoy kishki metodami fizioterapii 

4. Kliniko-morfo-funksionalnыe osobennosti xelikobakterioza u bolnыx s gastropatiyami

5. Sravnitelnыy analiz fizicheskoy rabotosposobnosti futbolistov i begunov s uchetom polimorfizma genov vыnoslivosti   

6. Optimizatsiya metodov nemedikamentoznogo lecheniya disbioza kishechnika u bolnыx yazvennoy boleznyu dvenadsatiperstnoy kishki

 

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-