
Rixsi Kаmilovna Salixodjaeva 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Ilmiy darajasi: Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, 1992 y. Toshkent Davlat tibbiyot instituti, Oliy hamshiralik ishi bakalavriati, 2001 y. Toshkent Davlat tibbiyot instituti “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash tashkiloti” magistraturasi 2005 y.
Xalqaro Аmerika ilmiy jamiyatining “Sigma Teta-Tau” koʼkrak nishoni va Sankt-Peterburg kasbiy taʼlimi jamiyatining А.G.Nebolsin nomli xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va darsliklar muallifi. Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirib, O‘zbekiston va xorijda o‘tkaziladigan konferensiyalarda doimiy ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kunda Respublikada O‘zbekiston hamshiralar uyushmasi tuzilib, hamshiralar faoliyati faollashtirildi.
Tashkiliy faoliyatni mohirona olib boradi, hamshiralik ishi bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish, aholiga yuqori ixtisoslashtirilgan hamshiralik yordami ko‘rsatish uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, amaliy sog'liqni saqlashda me'yoriy hujjatlarni amalga oshirish, hamshiralik xizmatini vertikal takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va Respublika hududlarida hamshiralar ishini monitoring qilishdan iborat. Hududlarda hamshiralar uchun konferensiya va seminarlar tashkil etish va o‘tkazishda shaxsan ishtirok etadi.

Alimova Fatima Zakirovna 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan
1983-1989 yy. Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” fakultetini tugatgan.
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: Davolash ishi
Ish faoliyatini 1989 yilda 1 shahar klinik shifohonasining pulmonologiya bo‘limida vrach interna lavozimida ishlagan. 1990-2019 yy P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolledjida terapiya fani o‘qituvchisi, “Hamshiralik ishi asoslari” kafedrasi mudiri, kolledjning kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2014 yilda «O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali.4 nafar farzandning onasi.

Axunova Nilufar Xusanovna 1986 yilda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2001-2004 yillarda Yu.Otabekov nomidagi Qo‘qon Tibbiyot kolledji talabasi, 2004-2012 yillari esa Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Davolash ishi, pedagog” fakultetini bitirgan. 2016-2018 yy. Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasida magistraturani tamomlagan.
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: Davolash ishi, pedagog (bakalavr), Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish”( magistratura )
Ish faoliyatini 2013-2016 yy. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri tibbiyot kolledji o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. 2018-2019 yy. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi stajyor-o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019 yildan hozirgi kunga qadar “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali. 1 nafar farzandning onasi.

Ubaydulloeva Barno Baxtiyarovna 1981 yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1999-2003 yy. Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining “Oliy ma’umotli hamshira” fakultetini tugatgan. 2003-2004 yy. Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining Tibbiyot menejmenti va marketingi kafedrasi assistenti. 2004-2007 yy Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Jamoat tibbiyoti sog’liqni saqlash tizimini boshqarish yo’nalishi bo’yicha magistraturani tugatgan
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: Oliy hamshiralik ishi
Ish faoliyatini 2007 yil Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yetakchi hamshira lavozimidan boshlagan. 2012-2022 yy. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bosh doya lavozimida ishlagan. 2022 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilali. 3 nafar farzandning onasi.

Tojiboeva Gulnora Sheralievna 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999-2022 yy. Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Oliy hamshiralik ishi” fakultetini tugatgan.
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: Oliy ma’lumotli hamshira
Ish faoliyatini 1993 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti 1- klinikasining gastroenterologiya, endokrinologiya bo‘limlarida hamshira lavozimidan boshlagan, so‘ng bo‘lim katta hamshirasi bo‘lib faoliyat yuritgan. (1993-2022 yy.)
2002-2005 yy. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Sog‘liqni saqlashni tashkillishtirish, moliyalashtirish va boshqarish” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2007-2016 yy. 1-Respublika tibbiyot kolledji o‘qituvchisi. 2009-2016 yy. Toshkent shahar hokimligi Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasining hamshiralik ishi bo‘yicha bosh mutaxassisi. 2017-2022 yy. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. 2022 yildan kafedra assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Urunova Dilrabo Tadjievna 1972 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1989-1995 yy. Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Pediatriya” fakultetini tugatgan. 2012-2013 yy. Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining “Umumiy amaliyot shifokori” fakultetini tugatgan.
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: Pediatr – neonotolog.
Umumiy amaliyot shifokori. Ish faoliyatini 1995 yilda Qarshi shahar tug‘ruqxonasida neonatolog lavozimidan boshlagan. 2003-2006 yillarda “NORE” loyihasida pediatr, 2006-2016 yy., Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi “Salomatlik – 2 va 3” loyihalarida maslahatchi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Sog‘liqni saqlashni tashkillishtirish, moliyalashtirish va boshqarish” kafedrasida 2016-2017 yillarda stajyor-o‘qituvchi, 2017-2019 yy. O‘zbekistonning “GIZ” loyihasida kurotorlik bo‘yicha mutaxassisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
2019 yildan hozirgi kunga qadar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi oldingi (Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti) “Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.