Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Shadmanova Nargiza Abitovna

Shadmanova Nargiza Abitovna
T.f.n dotsent

Tibbiyot xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

 

“MIKROBIOLOGIYA, IMMUNOLOGIYA VA MOLEKULYAR GENETIKA ASOSLARI” KAFEDRASI

 

Kafedra 1936-yilda tashkil etilgan.

 

ZAYNIDDIN ASAMUTDINOVICH SAYFUTDINOV

 

(tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, PHD)

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy profilaktika fakultetini tugatgan (2006-yil). Z.A.Sayfutdinovning doimiy tadqiqot yoʻnalishi – mikrobiologiya, xususan tuberkulez qoʻzgʻatuvchisi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida izoniazid dorisiga monorezistent boʻlgan mycobacterium tuberculosisning  genetik mutatsiyalari tavsifi va tarqalishi mavzusida 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya hamda 14.00.26 – Ftiziatriya ixtisosliklari boʻyicha bajarilgan tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

Hozirda esa, mazkur kasallik qoʻzgʻatuvchisiyeiyen yangi avlod maxsus dori vositalariga turgʻunlikning rivojlanishi, uning genetik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda. Oʻquv jarayonini optimallashtirish, yangi oʻquv dasturlarini amaliyotga joriy etish borasida kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyatini faollashtirdi. Faoliyati davomida AQSH, Germaniya, Meksika Fransiya, Avstriya, Slovakiya, Estoniya, Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston kabi davlatlarda bilim va malakasini oshirish bilan bir qatorda, xalqaro konferensiyalarda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib kelgan.

Z.A.Sayfutdinov Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi asosida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari lavozimida ham oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda (2023-yil noyabr oyidan buyon). Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida mikrobiologiya hamda antibiotiklarga turgʻunlikning rivojlanish muammolari boʻyicha 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazildi. 2022-2023-yillarda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) “Yevropa liderlar maktabi” xalqaro loyihasi ishtirokchisi hamda JSST Yevropa mintaqaviy byurosi konsultanti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi, “Mustaqillikning 30 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. Faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy ishlar va mikrobiologiya yoʻnalishi boʻyicha 3 ta oʻquv qoʻllanmalari (umumiy amaliyot shifokorlari, shifokor-ftiziatr, shifokor-laborant va pulmonologlar uchun) muallifi. Koʻp yillik tarix davomida kafedrada amaliyot mutaxassislari, oʻqituvchilar  va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali jamoa shakllangan.

 

 

 

ASATOVA NAFISA BAXODIROVNA

 

(dotsent,  tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, PHD)

 

 

 

1998-yilda Toshkent Davlat II Tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena va epidemiologiya ishi mutaxassisligi boʻyicha toʻliq kursini tugatgan.  1998 - 2004 yy.  Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot institutining “Mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya” kafedrasida assistent, 2004 – 2009 yy shu kafedraning katta oʻqituvchisi lavozimida ishlagan. 2009 - 2019 yy Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Mikrobiologiya” kursida assistenti lavozimida ishlagan. 2022-yil sentyabr oyidan Mikrobiologiya, immunologiya va molekulyar genetika asoslari kafedrasi dotsenti  lavozimida ish yuritib kelmoqda.

 

2000-yil “Regulyatsiya monooksigenaznoy sistemы  pecheni s pomoщyu adaptirovannыx limfotsitov” nomli nomzodlik ilmiy ishini himoya qilgan.

Asatova N.B. kafedraning oʻquv ishlarida  faol qatnashib, yangi oʻquv texnologiyalarini imkoniyati sari oʻzlashtirib, bu bilimlarini  kafedra kundalik ishlari jarayonida tadbiq etadi. Kursantlarga bakteriologiyaning maʼlum yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlarni oʻtib kelmoqda.

 

YULDOSHEVA XONZODA AXMADOVNA

 

(dotsent,  tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, PHD)

 

 

2002-yilda Toshkent Davlat II Tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena va epidemiologiya ishi mutaxassisligi boʻyicha toʻliq kursini tugatgan. 2003yildan 2006-yilgacha  Toshkent shaxar Sergeli tumani DSENMning bakteriologiya laboratoriyasida vrach bakteriologi.

2006-2010-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Mikrobiologiya” kafedrasining katta laboranti

2010-2013-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Mikrobiologiya” kafedrasining  stajyor ukituvchisi.

2013-yildan  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti “Mikrobiologiya”  kursida  assistenti lavozimida ishlagan. 2022-yil aprel oyidan Mikrobiologiya, immunologiya va molekulyar genetika asoslari kafedrasi dotsenti  lavozimida ish yuritib kelmoqda.

2011-yilda Isxakova X.I. ilmiy raxbarliklarida  “Kasalxona ichi infeksiyalarida shartli patogen enterobakteriyalar va enterokokklarning biologik xususiyatlari va antibiotika sezuvchanligi” mavzusida 03.00.07 – Mikrobiologiya  grifi buyicha nomzodlik dissirtatsiyasini ximoya kilgan.

Yuldosheva X.A. kafedrada manaviy-maʼrifiy  ishlari buyicha maʼsul xisoblanadi. Uquv sikllarida  amaliy mashgʻulotlarni zamonaviy texnologiyani qoʻllash bilan hamda oʻqitishning interfaol usullaridan foydalanib (vaziyatli masalalar ishlash, oʻqitish va nazorat qilish testlari, dars utishda yangi pedagogik va inovatsion texnologiyalar ) yuqori  ilmiy uslubiy darajada oʻtkazadi. Kafedraning ukuv -uslubiy, ilmiy, masofaviy talim  ishlarida ishtirok etadi. Bakteriologiya yunalishi buyicha ukuv kullanma va ukuv dasturlarini ishlab chikishda ishtirok etgan. Kafedrada saklanadigan III - IVgurux patogen va  shartli patogen  muzey  shtammlarini saklash va amaliyotda kursantlar bilan ishlash jarayonidagi biologik xavfsizlikni taʼminlash buyicha maʼsul. Kursantlarga bakteriologiyaning maʼlum yoʻnalishlarda amaliy mashgʻulotlarni oʻtib kelmoqda.

 

Kafedraning joylashgan joyi:

Toshkent sh., Parkent koʻchasi, 51-uy, (71)268-34-65;

1. Kafedraning oʻquv jarayoniga masʼul – t.f.n. dotsent Asatova Nafisa Baxadirovna. Uyali telefon +998946052976.

2. Manaviyat -maʼrifat uchun masʼul - t.f.n., dotsent Yuldasheva Xonzoda Axmadovna. Uyali telefon +998909730441.

3.  Ilmiy ishlar  va xorijiy alokalar boʻyicha, shuningdek asbob-uskunalariga va jixozlarga javobgar - t.f.n., Sayfutdinov Zayniddin Asamutdinovich . Uyali telefon +998977588464.

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-