Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Shamansurov Shaanvar Shamuradovich

Shamansurov Shaanvar Shamuradovich
Professor, kafedra mudiri


Shomansurov Shoanvar  Shomuratovich, 1957 yil 7 oktyabrda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan.

1975 -1981 yillarda Urta Osie tibbiet pediatriya institutining pediatriya kullietida o'qib, oliygoxni pediatr – shifokor mutaxassisligi buyicha 1981 yilda tamomlab, Urta Osie tibbiet pediatriya oliygoxining farmakologiya kullietida  assistent lavozimida ishlagan. Shu kafedrada 3 yil ishlab, sung klinik farmakologiya kafedrasida assistent lavozimida  ishini davom ettirdi.

1985 yildan to 1988 yiilgacha Rossiya Fanlar Akademiyasining Pediatriya ilmiy-tekshirish institutida aspiranturani utib, 1988 yili  «Bolalarda surunkali upka kasalliklarida eufillinning samarali kullash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kildi.

1989 -1990 yillarda Toshkent shaxar maslaxat – tashxis markazida nevropatolog bulib ishlab, 1990 – 1991 yillarda ToshPMI ning Asab kasalliklari kafedrasida assistentlik lovozimida ishini davom ettirdi.

1991 – 1994 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasining Pediatriya ilmiy-tekshirish institutida doktoranturani utab, 1994 yili «Tutkanogi bulgan bolalarda shaytonlashga karshi kullaniluvchi dorilarni me'erlashtirish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan va 1995 yildan boshlab Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Bolalik davri asab kasalliklari kafedrasining dotsentlik vazifasida va shu yilniing dekabr oyidan boshlab xozirgi davrgacha kafedraning mudiri vazifasini faol bajarib kelmokda.

1998 yildan boshlab 2003 yilgacha TVMOI ukuv ishlari prorektori bulib xam ishlab kelgan.

Oilali, 3nafar farzandi bor.

Tibbiet fani doktori, professor Sh.Sh. Shamansurov  yukori saviyali muallim, ukuv jaraenining moxir, zexnli tashkilotchisi, u utkazadigan mashgulotlar tushunarli, yukori ilmiy va metodik saviyaviyliligi, tula-tukisliligi xamda amaliy yunalganligi bilan ajralib turadi.

Mexnatkashligi, talabchanligi, javobgarlik va burch xissi Sh.Sh.Shamansurovga vrachlarni diplomdan keyingi tayerlashning Respublika soglikni saklash vazirligining yangilangan yukori talablariga muvofik yunalishlarini tanlash imkonini beradi. Sh.Shamansurov  jamoat ishlarida xam faol ishtirok etadi. U 1996 yildan 1999 yilgacha nevrologiya va psixiatriya buyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash kotibi. Respublika nevrologlar uyushmasi boshkarmasi, ixtisoslashgan xamda institut va pediatriya fakultetining ilmiy kengash a'zosidir.

Sh.Sh. Shamansurov yukori malakali mutaxassis, tajribali klinitsist. U bolalar psixonevrologiyasida zamonaviy tekshirish usullarini kullaydi. Ilmiy tekshiruvlarni moxir tashkilotchisidir. Epilepsiya va bolalardagi xurujlarda shaytonlashga karshi davo choralarini ratsional kullash va yaxshilash, xamda bolalarda perinatal patologiyani erta aniklash va reabilitatsiya kilish uning ilmiy tekshiruvlari yunalishidir. U fakat Respublikadagina emas, balki yakin va uzok chet davlatlarda chop etilgan bemor bolalar davosi, reabilitatsiyasi, diagnostikasining xar xil muammolariga bagishlangan 250 ilmiy ish, 7 ta monografiya va 4 mualliflik guvoxnomasi muallifi. Chop ettirgan monografiyalari: «Nevrologiya rannego detstva» bu monografiyada xozirgi kunda erta yoshli bolalarga tegishli nevrologik kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktika chora tadbirlari  xakida keng yoritilga. Buch op etilgan monografiya nafakat nevrologlar, balki umumiy amaliyot shiforklari, neonatologlar va peditarlar uchun muljallangan.

«Preimushestva i nedostatki protivoepilepticheskix sredstv» nomli monografiya epileptologiyada muxim bulgan muammolarga karashli bulib, unda davolash koidalari kulay ilmiy asosolangan shaklda berilgan.

«Uzok umr kurish sirlari» monografisi xalkimiz uchun zaruriy bulib, bemalol soglom turmush tarzi sirlari katoriga kirib kelmokda. Unda xalkimizning dunyokarashlari inobatga olgan xolda, xayotimizda xar kun uchraydigan va vakti kelsa biz axamiyat bermaydigan narsalarni muximligini kursata bilgan.   «Shaytonlash xurujlari» monografiyasi turli yunalishdagi shifokorlar uchun muljallangan bulib, unda bolalardagi shaytonlash xolatlarin ajrata bilish, birinchi yordam kursatish, kiyosiy tashxislash va davolash rejalari keng yoritilgan. «Soglom farzand tarbiyasining sirlari» monografiyada keng ommaga muljallangan bulib, unda onalar uchun kanday soglom farzand trabiyalash, parvarishlash va gudak yoshdagi uchraydigan kasalliklarni oldini olish sirlari aks ettirilgan. «Bolalarda periventrikulyar leykomalyatsiya» monografisida esa, onalarning xomilardorlik paytidagi patologik jarayonlarni, buning natijasida esa xomilaga ta'sir etish, tugrukdagi asoratlar  va periventrikulyar leykomalyatsiyaning klinik kechishi, tashxislash va davolash chora tadbirlari keng yoritilgan. «Neonatalnaya nevrologiya» monografiyasi, eng sunggi monografilardan xisoblanib, Moskva bosh bolalar nevropatologi professor V.M.Studenikin bilan xamkorlikda chop etilgan. Unda yangi tugilgan chakloklardagi nevrologik uzgarishlar, ularning uziga xosligi va zamonaviy tashxislash va davolash usullari keng yoritilgan. Ushbu monografiya nafakat nevropatologlar, balki, umumiy amaliyot shifokorlari, neonatologlar uchun xam muljallangan.

Xozirgi vaktgacha ikki nafar tibbiet fanlari doktorini tayerladi va 10  nafar tibbiyot fanlari nomzodlarini ilmiy izlanishlariga raxbarlik kilgan. Xozirgi kunda 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy ishlariga raxbarlik kilmokdalar. Sh.Sh. Shamansurov  Respublika  Soglikni saklash Vazirliginig Bosh bolalar nevropatologi lavozimida xam faoliyat yuritib kelmokda.

Kafedraning dolzarb ilmiy yunalishlaridan perinatologiya, epileptologiya, kon-tomir kasalliklari. Oxirgi yillarda irsiy-genetika kasalliklarga xam chukur e'tibor berilmokda.

Sh.Sh. Shamansurov  Respublika  mikyosida va xalkaro simpoziumlar, xamda konferentsiyalarda bir necha marta ilmiy tekshiruvlar natijalari bilan suzga chikgan.

Institutda Sh.Shamansurov bilan xamkorlikda ishlash – raxbarlar, olimlar, pedagoglar, yukori malakali mutaxassislarning yangi zamonaviy avlodi vakili ekanligini ta'kidlash imkonini beradi.

Shubhasiz, har qanday boshlangan ish, ayniqsa millatimiz salomatligiga qaratilgan ish davomlidir.

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-