TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
KARDIOLOGIYA VA GERONTOLOGIYA, INTERVENSION KARDIOLOGIYA VA ARITMOLOGIYA KURSI BILAN KAFEDRASI
Kafedra 1967-yilda professor Mnushkin Aron Solomonovich tomonidan tashkil etilgan. Kardiologiya kafedrasining tarixi 1932-yilda tashkil etilgan va Toshkent malaka oshirish institutining qayta tashkil etilishi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Kafedra Toshkent tibbiyot institutining gospital terapiya kafedrasi xodimlaridan tashkil topdi va unga professorlar Slonim Moisei Ilich (1932-1940), Mankus Geynrix Fransevich (1940-1942), dotsent Gextman Lev Revimovich (1942-1947) rahbarlik qildilar.
1947-yildan boshlab terapiya kafedrasini professor Mnushkin A. S. boshqardi, 1967-yilda uning tashabbusi bilan terapiya kafedrasi kardiologiya kafedrasiga aylantirildi va uni professor Mnushkin A. S.
1973-yilgacha boshqargan.
1973-yildan 1999-yilgacha kafedrani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Rossiya tibbiyot Akademiyasi muxbir a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Karim Yuldashevich Yuldashev boshqargan. Uning tashabbusi bilan kafedrada funksional diagnostika kursi tashkil etildi.
Karim Yuldashevich Yuldashev iste’dodli tashkilotchi, ziyrak va samimiy shifokor, pedagog xodimlarning sevimli ustozi edi.
Klinik tibbiyot sohasidagi taniqli olim, sog‘liqni saqlashning yetakchi tashkilotchilaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Rossiya tibbiyot fanlari Akademiyasining muxbir a’zosi, professor Karim Yuldashevich Yuldashev 1933-yilda Toshkentda tug‘ilgan.
Tibbiy va ilmiy-pedagogik faoliyatining boshlanishi Toshkent tibbiyot instituti bilan bog‘liq bo‘lib, u yerda ichki kasalliklar kafedrasi professori lavozimida ishlagan, 1973-1999-yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (TVMOI) kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasiga rahbarlik qilgan.
K. Yu. Yuldashev 1976-yildan 1982-yilgacha O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatib, Respublika tibbiyot ilmini rivojlantirishga, tadqiqotlarni optimallashtirish va rejalashtirishga, ularni amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq joriy etishga katta e’tibor qaratdi.
K. Yu. Yuldoshevning ilmiy tadqiqotlari natijalari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash organlarida davolash-profilaktika ishlarini shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. U yaratgan ilmiy maktab tibbiyot fani rivojiga muvaffaqiyatli hissa qo‘shdi.
K. Yu. Yuldashev rahbarligida 11 ta doktorlik va 66 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 530 ta ilmiy maqola, shu jumladan 22 ta monografiya, xamda bir qator darslik, o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan.
Mashhur olim va tibbiyot fanining tashkilotchisi K. Yu. Yuldashev bir necha bor xalqaro forumlarda (Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Chexoslovakiya, Hindiston, Suriya, Angliya va x.k..) tibbiyot ilmini munosib namoyish etdi.).
K. Yu. Yuldashev ko‘plab jamoat ishlarini olib bordi, ko‘p yillar davomida "Terapevtik Arxiv", "Klinik tibbiyot", "Balneologiya, fizioterapiya va davolash jismoniy madaniyati masalalari" jurnallari tahririyati a’zosi, "O‘zbekiston tibbiyot jurnali", "Salomatlik" jurnallari tahririyati a’zosi bo‘ldi, shuningdek, O‘zbekiston terapevtlar ilmiy jamiyati raisi ham bo‘lgan.
Ushbu yillarda kafedrada faol mexnat qilib o‘zlarining klinik va pedagogik ilmlarini bo‘lishgan dotsentlar: t.f.n. A.G. Irmuxamedov, t.f.n. E.D. Shayxov, assistentlar t.f.n. A.Ye. Jitnitskaya, t.f.n. M.X. Xaydarov, t.f.n. I.I. Mukimdjanov, t.f.n. M.G. Maksumova, M. A. Xaydarov, t.f.d. G.X. Yarmuxamedova, M. Sh. Babadjanov kabi mutaxassislar katta hissa qo‘shdilar. 2008-yildan boshlab funksional diagnostika kursi TVMOI funksional diagnostika kafedrasiga aylantirildi va uni 2020-yilgacha t.f.d. G. X. Yarmuxamedova boshqardi, xozirgi vaqtda ush bu kafedrani dotsent, t.f.d. M.G. Muxamedova boshqarib kelmoqda.
1999 - 2012-yillarda kafedraga dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Rossiya Tibbiyot-Texnik fanlar Akademiyasi muxbir – a’zosi Ataxanova Liliya Ergashevna raxbarlik qilgan.
2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi qarori asosida Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Instituti qoshida «Gerantologiya va geriatriya» kursi tashkil etildi, «Kardiologiya va geriatriya» bo‘yicha yangi o‘kuv dasturi ishlab chiqildi va kardiologiya kafedrasi «Kardiologiya geriatriya kursi bilan» kafedrasi deb qayta nomlandi. Barcha dasturlar Uzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiqlandi.
2003-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan davrda Ataxanova L.E. tashabbuslari bilan kafedrada «Gerontologiya va geriatriya» mutaxassisligi bo‘yicha diplomdan keyingi ta’lim dasturi, va «Gerontologiya va geriatriya» muammosi bo‘yicha 14ta tematik o‘quv dastur barcha terapevtik soha shifokorlari uchun ishlab chiqildi. Kardiologiya kafedrasida 2011-yilda kafedra mudiri Ataxanova L. E. tashabbusi va aktiv ishtirokida «Uzbekiston Gerontologlar Assotsiasiyasi» tashkil etildi.
2008-yilda 30-aprelidagi SSVning 148 sonli buyrugiga asosan «Funksional diagnostikasi» kafedrasi tashkil etildi shu kundan boshlab 2ta mustakil (Kardiologiya va gerontologiya, xamda Funksional diagnostika) kafedralari faoliyat ko‘rsatishni boshladi.
2003-yildan 2011-yilgacha bo‘lgan davrda Ataxanova L.E. tashabuslari bilan kafedrada «Gerontologiya va geriatriya» mutaxasisligi buyicha diplomdan keyingi ta’lim dasturi, va «Gerontologiya va geriatriya» muammosi buycha 14ta tematik dastur barcha terapevtik soxa vrachlari uchun ishlab chiqildi.
2012-yildan xozirgi kungacha kardiologiya va gerontologiya kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, professor Gavxar Mirkborovna Tulaboyeva raxbarlik kilmoqda.
Professor G.M.Tulaboyeva akademik Yuuldoshev K.Yu.ning shogirdi bo‘lib, kardiologiya fanining innovatsion yo‘nalishlarining innovatori sifatida o‘z ustozi an’analarini munosib davom yettirib kelmoqda. Tulaboyeva G.M. tashabbusi bilan kafedraning o‘quv jarayonidagi faol ishtiroki, intervension kardiologiya bo‘yicha integrallashgan ixtisoslik kurslari (864 kredit – 6 oy) joriy etildi, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va tegishli ravishda tasdiqlandi. Ixtisoslashtirish kurslari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari bilan hamkorlikda olib boriladi, kafedra esa ushbu kursning moderatori hisoblanadi.
Amaliy kardiologiyada yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning intervension va minimal invaziv usullarini barcha hududlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining chekka hududlarida joriy etish dolzarbligi va keng talabini hisobga olgan holda, shuningdek, uzluksiz tibbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 20-oktabrdagi 02-042-son buyrug‘i bilan, O‘zbekiston Respublikasi vazirining 2021-yil 27-oktabrdagi 07/1-2585-son namunasi, kafedra intervension kardiologiya va aritmologiya kursi bilan kardiologiya va gerontologiya kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra asosiy ilmiy ishlari «Barcha yoshdagi bemorlar yurak qon tomir kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasiga differensial yondoshishni kliniko-patogenetik aspektlari» va «Keksa yoshli bemorlarda yurak qon tomir xastaliklarining o‘ziga xos kechishi» mavzulariga bag‘ishlangan. Kafedra pedagogik faoliyatida integral protsess jarayoni asosida gastroenterologiya, endokrinologiya, pulmanologiya, allergologiya va x.k. kafedralari bilan keng hamkorlik qiladi.
O‘tgan 10-yil davomida 3 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi, hozirgi kunda 5 ta talabgor ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Kafedra xodimlari xalqaro, respublika Kongress va konferensiyalarida faol ishtirok etib, taqdimotlar o‘tkazib, o‘z ilmiy yutuqlarini namoyish etib kelmoqdalar.
Gavxar Mirokborovna Tulaboyeva tibbiyot fanlari doktori, professor.
Gavxar Mirokborovna Tulabayeva 1964-yilda tug‘ilgan, o‘zbek, partiyasiz. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kardiologiya, gerontologiya va geriatriya kursi bilan kafedrasida 1987-1989-yillar mobaynida shifokor-katta laborant lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 1989 -1990-yillarda Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari gospitalida shifokor-terapevt sifatida ishlagan. 1990-1994-yillar mobaynida Semashko N.A. nomidagi Tibbiy reabilitatsiya va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutining kardiologiya bo‘limida katta ilmiy hodim sifatida faoliyat yuritgan.
Kafedrada 1994-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda xamda shu yilda «Miokard infarktida klinik-patogenitik xarakteristika» mavzusida «Terapiya – 14.00.05» ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. 2004-yilda «Kardiologiya – 14.00.06» ixtisosligi bo‘yicha «Miokard infarktida gemostaz trombotsitar zanjirining klinik-patogenetik xarakteristikasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan, 2020-yilda professor unvoniga ega bo‘lgan.
G.M. Tulaboyeva – Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (TXKMRM) ilmiy Kengashi, davolash fakultetining ichki kasalliklar bo‘yicha muammoli komissiyasi, kardiologiya bo‘yicha attestatsion komissiyasi, 14.00.06 - kardiologiya ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy Kengash va ilmiy seminar a’zosi, 14.00.43. - profilaktik tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy Kengash va ilmiy seminar a’zosi, xamda 14.00.05. ichki kasalliklar bo‘yicha bir martalik ixtisoslashgan Kengash a’zosi.
G. M. Tulaboyeva O‘zbekiston Kardiologlar uyushmasi raisining o‘rinbosari, Rossiya Kardiologlar jamiyati a’zosi, yurak yetishmovchiligiga qarshi kurash jamiyati a’zosi, O‘zbekiston terapevtlari uyushmasi a’zosi, Yevrosiyo Kardiologlar uyushmasi a’zosi, Lipidologiya va ateroskleroz ilmiy jamiyati a’zosi, shuningdek, “Terapiya axborotnomasi” (O‘zbekiston) tibbiyot jurnali - taxririyat hay’ati a’zosi hisoblanadi.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi faol kurash uchun 2020-yilda «Mehr Sahovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Sagatova Xolida Maxmudovna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Kafedrada 1994-yildan beri ishlaydi. Kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari boshlig‘i. Yurak-qon tomir kasalliklarida favqulodda vaziyatlarning xususiyatlari, ularni davolash va oldini olish usullarini o‘rganadi. TXKMRM ilmiy Kengashining taklif yetilgan a’zosi, davolash fakulteti ilmiy Kengashi a’zosi, ichki kasalliklar bo‘yicha muammoli komissiya a’zosi. 14.00.38. - Sport tibbiyoti ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy Kengash va ilmiy seminar a’zosi.
Talipova Yulduz Shavkatovna tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Kafedrada 2003-yildan beri ishlaydi. Kafedraning ilmiy ishlariga mas’ul. Ilmiy izlanishlari yurak- qon tomir xastaliklari kechishining o‘ziga xosligi, shuningdek, turli yoshdagi ayollar, shuningdek, homilador va klimaks davridagi ayollarda yurak-qon tomir tizimi xastaliklarining o‘ziga xos hususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Yu.Sh. Talipova Davolash fakulteti ilmiy Kengashi a’zosi. Ichki kasalliklar bo‘yicha muammoli komissiya a’zosi. 14.00.05. Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha bir martalik ixtisoslashgan ilmiy Kengashi a’zosi, TXKMRM Dsc ilmiy darajasini berish uchun ilmiy Kengashi ilmiy-texnik qo‘mitasi a’zosi.04/30.12.2019.Tib.ag31.01. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassis gerontolog vazifasini bajaradi. 2020-yilda “Mehr Sahovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Abdukadirova Nodira Miranvarovna assistent, kafedrada 2019-yildan beri ishlaydi. Magistraturani tamomlagach kafedrada ish boshlagan kafedraning yosh va istiqbolli xodimi. "Ambulatoriya kuzatuv bosqichida COVID-19ga uchragan katta yoshdagi bemorlarda miokard infarkti asoratlarini oldini olish" mavzusida falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgori sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda. Kafedrada “Ma’rifat va ma’naviyat” ishlari bo‘yicha mas’ul shaxs. 2021-yilda "O‘zbekiston Respublikasining 30-yilligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Xozirgi kunda Nodira Miranvarovna ilmiy ishini faol davom ettirib doktorlik dissertatsiyasini ximoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Xusanov Abdurasul Abdukarimovich assistent kardiologiya va gerontologiya kafedrasida 2002-yildan buyon ishlab kelmoqda. Keksalarda xamda qariyalarda yurak aritmiyalarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanadi. Kafedraning moddiy-texnik bazasi uchun mas’ul shaxsdir. Jamoat ishlarida faol ishtirok etib, 2020-yilda «Mexr saxovat» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Adilova Ikbol Gafuritdinovna tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent
2015-yildan kafedrada avval assistent lavozimida 2020-yildan dotsent lavozimida ishlaydi. Intervension kardiologiya va kardioxirurgiya mavzusi buyicha maruza va seminar mashgulotlarini olib boradi. 60 dan ortik maxalliy va xorijiy makolalar nashr etgan. Shu jumladan 1 ta monografiya va 3 ta ilmiy ommabop kitoblar avtoridir. Forum va konferensiyalarda maruzalari bilan qatnashgan. Ilmiy izlanishlari yurak –qon tomir tizimi xastaliklarida, shuningdek, keksa yoshli bemorlarda intervension diagnostika va davolash usullarini qo‘llash savollariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston kardiologlar assotsiasiyasi, Rossiya kardiologlar jamiyati va Yevropa kardiologlar Assotsiasiyasi a’zosidir. Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi sifatida ko‘plab salomatlik va tibbiyotga oid teleko‘rsatuvlarda ishtirok etadi. Ilmiy izlanishlarini davom ettirish xamda ilmiy faolligini yanada rivojlantirish va jallashtirish maqsadida 2022-yilda Adilova Ikbol Gafuritdinovna kafedraning tayanch doktoranti deb xisoblanib kelmoqda. 2023-yilida Adilova Ikbol Gafuritdinovna maxoratini, qobiliyatini yuqori baxolab va Respublikamizda tibbiy turizmni faol yetakchisi sifatida SSV tomonidan munosib taqdirlandi.
Yuldashev Nabijon Pirimovich tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
2003-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2009-2012-yillar davomida Akademik. Ye.N. Meshalkin nomidagi «Qon aylanishi patologiyasi ilmiy tekshirish instituti» Federal Davlat muassasasi (Rossiya, Novosibirsk shahri) bazasida “Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini diagnostika qilish va davolashning rentgenendovaskulyar uslublari” bo‘yicha bir necha marta malaka oshirish kurslarini o‘tdi va 2011-yilda yangi “Rentgenenovaskulyar jarrohlik” bo‘limida ilk bor Respublikada intervension kardiologiya yo‘nalishi bo‘yicha ish boshqamoqda va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.
Kardiologiya va gerontologiya kafedrasida 2021-yildan o‘rindosh dotsent lavozimida faoliyat olib bormoqda. Yuldashev N.P.ning ilmiy ishining asosiy yo‘nalishi yurak ishemik kasalligini diagnostika qilish va davolashning yuqori texnologiyali uslublarini takomillashtirish va amaliyotga tadbiq qilish natijasida miokard infarktini oldini olish, asoratlarini hamda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Xamrayev Ramesh Ravshanovich, soatbay assistent – 1986-yil 29-noyabrda tug‘ilgan, 2010-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2012-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik ordinaturasini tomomlagan, shu yili Rossiyaning Tomsk shahar tibbiyot universitetining yurak-qon tomir tizimining elektrofiziologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini o‘tagan, 2015-yilda esa Qozog‘istonning Ostona shahridagi tibbiyot institutida elektrofiziologiya bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomlagan. U O‘zbekistondagi "HEART TEAM" tashkilotchilaridan biri. 2017-yilning aprel oyidan buyon "HEART TEAM"ning sa’y-harakatlari bilan yurak aritmiyasi bilan og‘rigan bemorlarga 2500 dan ortiq yuqori texnologiyali va ixtisoslashtirilgan jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi va bugungi kunda keng ko‘lamli aritmologik operatsiyalar va radiochastota abelyatsiya bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, bo‘lmachalar trepetaniyasi, fokusli bo‘lmachalar taxikardiyasi va qorinchalar taxikardiyasi shu jumladan bolalarda xam amalga oshirilmoqda.
Yakubov Akmal Abdusamatovich, soatbay assistent 1983-yil 8-aprelda tug‘ilgan, 2007-yilda Sankt-Peterburg I.I. Mechnikov nomidagi davlat tibbiyot universitetini davolash ishini tamomlagan. 2010-yilda Novosibirsk akad. Ye.N. Meshalkin nomidagi qon aylanish patologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida yurak-qon tomir jarrohligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2010-yilda Novosibirsk tibbiyot universitetida rentgen endovaskulyar diagnostika va davolash bo‘yicha ixtisoslik o‘tagan, shu yilda A.N. Bakulev nomidagi klinik elektrofiziologiya, intervension va jarrohlik aritmologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. 2016-yilda tibbiyo fanlari nomzodi ilmiy dorajasiga erishgan.
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari va kafedraning ilmiy izlanuvchilari:
Ibodova M.U. «Komorbid kasalliklar rivojlanishida metabolik sindromning patogenetik axamiyati» (PhD) 14.00.05. - ichki kasalliklar ixtisosligi, ilmiy rahbar-Tulaboyeva G. M.
Asqarova N.A. «Kuzatuvning ambulatoriya bosqichida qandli diabetli bemorlarda surunkali yurak yetishmovchiligining ikkilamchi oldini olish xususiyatlari» (PhD) 14.00.05. - ichki kasalliklar propedevtikasi, ilmiy rahbar-Tulaboyeva G. M.
Komolov B. B. «Ambulatoriya kuzatuvi sharoyitida keksa va qari yeshdagi bemorlard arterial gipertenziyaning ikkilamchi profilaktikasining axamiyati» (PhD) 14.00.43 - profilaktik tibbiyot, ilmiy rahbar - Tulaboyeva G. M.
Hashimov A. A. «Keksa yoshdagi bemorlarda to‘satdan koronar o‘lim xususiyatlari» (PhD) 14.00.06. – Kardiologiya ilmiy rahbar -Talipova Yu.Sh.
Achilov F. Q. «COVID-19 o‘tkazgan yurak - qon tomir xastaligi bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarda xayotga xavf tug‘diruvchi aritmiyalarning profilaktikasi»(PhD) 14.00.06. – Kardiologiya ilmiy rahbar -Talipova Yu.Sh.
Sanakulov J. M. «Profilaktika oslojneniy i optimizatsiya invazivnogo lecheniya u komorbidnыx patsiyentov» (PhD) 14.00.06 – Kardiologiya ilmiy rahbar – Yuldoshev N.P.
Xalikulov S.Sh. - «Effektivnost i profilaktika oslojneniy ispolzovaniya biodegradiruyemogo karkasa novogo pokoleniya - Magmaris pri ostrom infarkte miokarda» (PhD) 14.00.40. Shoshilinch tibbiyot ilmiy rahbar – Yuldoshev N.P.
Abduqodirova N.M. «Profilaktika oslojneniy infarkta miokarda u patsiyentov starshego vozrasta, perenesshix COVID- 19» (PhD) 14.00.06 -Kardiologiya, ilmiy rahbar Tulaboyeva G.M.
Azizova F.F. «Osobennosti narusheniya sentralnoy i vnutriserdechnoy gemodinamiki u bolnыx s intraabdominalnoy gipertenziyey posle operativnыx vmeshatelstv» (PhD) 14.00.06 - Kardiologiya, ilmiy rahbar Sobirov Dj.M. (ximoya jarayeni).
Kardiologiya va gerontologiya kafedrasi xodimlari 2017-yildan Tulaboyeva G.M. tashabbusi bilan Appollo (Hindiston) universiteti klinikasining kardiolog, terapevt, endokrinolog, bariatrik jarrohlari ishtirokida "yuqori yurak-qon tomir xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusida konferensiya o‘tkazdilar. Kafedra xodimlari Tulaboyeva G.M., Azizova F.F., Adilova I.G. Appollo (Hindiston) universiteti klinikasida "Aorto koronar shuntlash amaliyotidan so‘ngi bemorlarning reabilitatsiyasining o‘ziga xosligi" mavzusida amaliyot o‘tashdi. Shuningdek, "Indian Society of Electrocardiology" funksional diagnostika assotsiasiyasi bilan birgalikda 36 soatlik "Klinik EKG" sikli tashkil etildi, unda professorlar Tulaboyeva G.M. va Mr. Surendirpal Singh moderatorlar sifatida ishtirok etdilar. Bundan tashqari kafedra xodimlari xorijiy mutaxassislar (Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Chexiya, Qozog‘iston va boshqalar) bilan birgalikda vebinarlar takillashtirishdi.
Kafedra xodimlari “Aterosklerozga qarshi kurash bo‘yicha” Yevropa jamiyatining xalqaro skrining tadqiqotida ishtirok etishdi. Kafedra xodimlari muntazam o‘z ustida ishlab har yili MDH mamlakatlarida (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston) va xorijda (Turkiya, Ispaniya, Latviya, Ruminiya va boshqalarda) malaka oshiradilar.
Hozirgi kunda kafedrada samarali o‘quv jarayoni uchun barcha sharoitlar yaratilgan, Internet mavjud va doimiy ishlaydi, elektron o‘quv materiallarini yaratish va saqlash va ularni o‘rganish ketma-ketligini belgilash imkonini beruvchi Moodle ta’lim tizimi joriy etilgan. Moodle dasturi shifokorlarga asosiy ish joyidan ajralmagan holda, qiyinchiliklarsiz o‘quv jarayonini maqbul va qulay tarzda yaratish imkonini beradi. Kafedraning klinik bazalarini jihozlash klinik ordinatorlar va tinglovchilarga kardiologiyani optimal o‘zlashtirishga imkon beradi. Kafedra mudirining tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda "intervension kardiologiya" ixtisosligining integrallashgan sikli (864 soatli) tashkil etildi. Kafedra kompyuter laboratoriyasi, keng sinf xonalari va multimedia uskunalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali bilan jihozlangan. Bugungi kunga qadar 2018 yildan beri 65 nafar interventsionist mutaxassislar tayyorlandi.
Interventsionist mutaxassislarni tayyorlash doirasida Tojikistondan 5 nafar mutaxassis tayyorlandi.
Kafedraning asbob uskunalar bilan ta’minlanganligi tinglovchilar va klinik ordinatorlar o‘quv jarayonini mukammal o‘rganish uchun yo‘naltirilgan. Kafedraning klinik bazalarida amaliy mashg‘ulotlar uchun aloxida xonalar, kutubxona va ma’ruza zallari mavjud, bular xammasi albatta kursantlar va kafedra xodimlari uchun o‘quv jarayonini optimallashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, sinf xonalarining jihozlanishi on line konferensiyalar va maslahatlashuvlar paytida hamkasblar bilan konferensiya chaqiruvlarida masofadan muloqot qilish imkonini beradi.
KAFEDRANING KLINIK BAZALARI: RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN KARDIOLOGIYA ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZI, EZGU NIYAT VA SABA-DARMON KLINIKALARI
Kafedrada o‘quv dasturlarini tayyorlash talablariga muvofiq zamonaviy interaktiv texnologiyalar va amaliyotchi kardiologlar, gerontologlar, geriatrlar, umumiy amaliyot shifokorlari va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari bilan boyitilmoqda. Har yili Butun Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Yevropa, Rossiya va O‘zbekiston kardiologlari jamiyatlari tomonidan tasdiqlangan tavsiyalar (standartlar) asosida o‘quv dasturlari va o‘quv qo‘llanmalari rejalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish amalga oshiriladi, bu kafedraning o‘quv-pedagogik ishlarida o‘z aksini topadi. Har bir ma’ruza va amaliy dars uzluksiz diplomdan keyingi ta’lim sharoitida yangi zamonaviy tibbiy bilimlarni o‘zlashtirishning muhim sharti sifatida videomateriallar bilan jihozlangan.
O‘rganilgan materialni yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun markaz klinikasi bo‘limlarida bemorlarni klinik tahlil qilish bilan professor-o‘qituvchilar tomonidan maslaxatlar tizimli ravishda o‘tkaziladi. Kardiologiya va gerontologiya kafedrasi xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini faol olib bormoqdalar
Kafedra xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil yetilgan, respublikamizning chekka hududlarida yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, nogironlar uylari va og‘ir bemorlar uchun maktab-internatlarda jiddiy bemorlarni tekshirishga qaratilgan "salomatlik xaftaliklarda" faol ishtirok etib, ijtimoiy ish bilan faol shug‘ullanmoqdalar. Shuningdek sanaviatsiya tizimida faol ishtirok etib, viloyat va tumanlardagi og‘ir bemorlarning diagnostika va davolash ishlariga o‘z xissalarini qo‘shadilar.
Kafedra xodimlari faol ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelishmoqda.
MA'RIFAT VA MA'NAVIYAT ISHLARI
Kardiologiya va gerontologiya kafedrasi xodimlari muntazam ravishda jonli efir kursatuvlarida ishtirok etib kelmokda
Toshkent shaxar, Mirzo-Ulugbek tumani, Osiyo ko‘chasi 4 uy, 5 korpus,
+998992770533, +998935580707, +998909473006
y.Talipova@mail.ru