Tibbiyot xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
“GIGIYENA VA RADIATSION XAVFSIZLIK” KAFEDRASI
Kafedra 1963-yilda tashkil etilgan.
DAMIR ARIFOVICH ZAREDINOV
(tibbiyot fanlari doktori, professor)
Toshkent davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tugatgan (1974-yil). D.A.Zaredinovning doimiy tadqiqot yo'nalishi - radiatsion xavfsizlik va gigiyena yo'nalishlari bo'lib, ushbu ish natijalari birinchi nomzodlik uchun, keyin esa doktorlik dissertatsiyalari uchun asos bo'ldi. O‘quv jarayonini optimallashtirish nuqtai nazaridan kafedraning ilmiy-pedagogik faoliyatini faollashtirdi. Radiatsion gigiyena fanida va amaliyotida doimiy ravishda o‘zini-o‘zi takomillashtirish, shuningdek, AQSh, Yaponiya, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Eron, Ukraina va bir qator mamlakatlarning yadro markazlari va tibbiyot muassasalarida ko‘p marotaba amaliyot o‘tashi D.A. Zaredinovni ushbu sohaning taniqli mutaxassisi bo‘lishga imkon berdi.
D.A. Zaredinov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh radiologi lavozimiga tayinlangan (hozirgi kungacha ishlab kelmoqda). Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida radiatsiyaviy xavfsizlik bo'yicha 34 ta xalqaro maktab o'tkazildi; ikkita maxsus mavzuning ilmiy rahbari va respublikaning radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi muammolari boʻyicha beshta xalqaro dasturning koordinatori. 2000-yildan MAGATE Xalqaro tashkilotida ma'ruzachisi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi. 320 dan ortiq ilmiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni, 25 ta SanQvaM, 34 ta uslubiy tavsiyalar, 2 ta ixtirolar, 10 ta ratsionalizatorlik takliflari, 3 ta kitob va radiatsiyaviy xavfsizlik va gigiyena bo‘yicha 12 ta o‘quv qo‘llanmalari (tibbiyot oliy o'quv yurtlari kursantlari va talabalari uchun) muallifi.. Uning rahbarligida 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan va 4 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda.
Ko‘p yillik tarix davomida kafedrada amaliyot mutaxassislari, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlardan iborat yuqori malakali jamoa shakllangan.
XUDAIBERGANOV ANATOLIY SAGATBAEVICH
(tibbiyot fanlari doktori, professor)
2005-yildan kafedra professori. JSST/BMT Yevropa mintaqaviy byurosining (Kopengagen) ovqatlanish bo‘yicha milliy koordinatori, Soshran (AQSh, 2002) mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ovqatlanish gigiyenasi bo‘yicha bosh mutaxassisi (1993-2021-yillar) va dietalogiya bo‘yicha (2010-2019-yillar). Iste'fodagi podpolkovnigi. Oʻzbekiston Respublikasining JSSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha ishchi guruhi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi dasturi boʻyicha ishchi guruhi, Kodeks Alimentarius Milliy qoʻmitasi aʼzosi. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma va 12 dan ortiq SanQvaM va gigiyena meʼyorlari muallifi. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
SALOMOVA FERUZA IBODULLAEVNA
(tibbiyot fanlari doktori, professor)
200 dan ortiq ilmiy ishlar, 6 ta monografiya va 8 ta darslik muallifi. “Yilning eng yaxshi shifokori” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida “Eng yaxshi dotsent” nominatsiyasida 2-o‘rin (2019-yil), “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. Toshkent shahar bosqichida (2019-yil), “Korea Xalqaro ayollar ixtirolari ko‘rgazmasi 2021” Koreya xalqaro ayollar ko‘rgazmasida 2-o‘rinni egalladi (KIWIE-2021, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yilligi” esdalik medali bilan taqdirlangan (2021). ), “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi-2021” respublika tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. F.I.Salomova rahbarligida 2 nafar tibbiyot fanlari doktori tayyorlandi.
BAKIEV SAIDAMIN ALIMOVICH
(texnika fanlari doktori, professor)
1966-yilda Moskva davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan. 1973-yilda Moskva davlat universitetining Yadro fizikasi institutida (Moskva shahar, Rossiya Federasiyasi) nomzodlik dissertatsiyasini va 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy ishlar turli ob'ektlarni elementar tahlil qilish uchun neytronlarni faollashtirish usullarini va texnologik jarayonlarni boshqarishning yadro-fizik usullarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Merfologiya bo'yicha 3 ta kitob muallifi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Samarali faoliyati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Uning faoliyati bir qator xorijiy biografik ensiklopediyalarda keltirilgan.
TOSHPULATOVA GO'ZAL ALIEVNA
(tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodimi, dotsent)
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedra dotsenti, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy kotibi, fizik omillar laboratoriyasi mudiri. 1986-1995-yillar SGKK ITI klinikasida oftalmolog; 1986-2017-yillar pestitsidlar va mineral oʻgʻitlar toksikologiyasi, sanoat toksikologiyasi, fizik omillar laboratoriyalarida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy lavozimlarida ishlagan. 2001-yilda nomzodlik va 2017-yilda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 150 ga yaqin xorijiy va respublika ilmiy nashrlarda muallifi (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtirosi uchun berilgan 6 ta patent; 20 tadan ortik sanitariya koidalari va normativlari, uslubiy va ukuv qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, ko‘rsatma va axborot xatlari).) va bir qator ilmiy loyihalarning hammuallifi. 1-ta doktorlik (PhD) disertasiyasi rahbari. SGKK ITI ilmiy kengashi ning ilmiy kotibi. 2011 yildan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatinining Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish Qo'mitasi kotibi hisoblanadi. "Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvi bo'yicha umumiy texnik reglament" loyihasini ishlab chikish bo‘yicha, xamda "Shovqinli ifloslantirish bilan kurashish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini ishlab chikish bo‘yicha ishchi guruxlari a'zosi.
ISROILOVA GULIDA MARATOVNA
(tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent)
2004-yildan “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1992-yilda 2-Tosh Davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan. 1992- yildan 2004-yilgacha 2-Tosh Davlat tibbiyot instituti “Ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi assistenti. 2004-yilda “O‘zbekiston sharoitida yurak ishemik kasalliklarining alimentar profilaktikasini gigienik asoslash va bemorlarning ovqatlanishini korreksiya qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
“O‘zbekiston Respublikada go‘shtni qayta ishlash korxonalarida mahsulot ifloslanishining xavf omillarini kamaytirish uchun xavfsizlik mezonlarini gigienik asoslash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib boradi.
Ishlagan davrda 68 ta ilmiy maqolalar muallifi, shulardan: 38 ta - maqola va tezislar; 1 ta - monografiya; 8 ta - o'quv- qo'llanma, 2 ta – uslubiy tavsiyanomalar, 8 ta – SanQvaM, 1 ta - ratsionalizatorlik taklifl. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, “Eng yaxshi dotsent” nominatsiyasi sovrindori.
LI MARINA VLADIMIROVNA
(tibbiyot fanlari doktori, katta o'qituvchi, ilmiy-tadqiqot radiologik laboratoriya raxbari )
Kafedrada 2017-yildan buyon ishlab kelmoqda, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, 7 ta uslubiy tavsiyalar va 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 2020-yilda “Ichimlik suvining radiatsion xavfsizligini gigienik ta’minlash” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. “O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsiyaviy himoya tizimini takomillashtirish yo‘llari” (Dsc) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Fan, innovatsiya va texnologiya rivojida olima ayollarning o‘rni” II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning “Ma’ruza mavzusini professional ochish” nominatsiyasi g‘olibi (2021-yil). Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Tibbiy fizika – hozirgi holat, muammolar va rivojlanish yo‘llari” X-xalqaro konferensiyasining “Eng yaxshi ma’ruzasi” g‘olibi (2021-yil). MAGATE, JSST, OSSE ekspert-maslahatchisi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy, yadroviy xavfsizlik bo'yicha malaka oshirish markazi suv xavfsizligi markazining mintaqaviy hamraisi hisoblanadi. U malakasini chet elda oshirdi (Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Slovakiya). KOICAning “Yuqumli kasalliklarni nazorat qilishning integratsiyalashgan tizimini yaratish uchun sog‘liqni saqlash siyosati va boshqaruvi salohiyatini oshirish” treningida tahsil oldi (2021-yil). Ingliz tili o‘quv kurslarini tamomlab, quyidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi: “English for Science” (2021, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi), “Medical English” (2020, onlayn, RF), “English Language” (2019, Xalqaro o‘quv markazi). “GRB”, Toshkent).
ALIMUXAMEDOVA ZULXUMOR TAXIROVNA
(tibbiyot fanlari nomzodi, assistant, «O‘zbekiston Temir Yo‘llari» Aksiyadorlik Jamiyati Markaziy Sanitariya Epidemiologiya Stansiyasining Sanitariya Gigiyena Laboratoriyasida bo‘lim mudiri)
1989-yil Toshkent Davlat doril-fununning biologiya kulliyotini imtiyozli tugatib, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi epidemologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti immunoloniya laboratoriyasida katta laborant lavozimida ish boshlagan. Ish jarayonida biokimyoviiy tahlil usullarini qunt bilan o‘rgandi. Tibbiyot amaliyotida ko‘llaniladigan dori vositalarining ba’zi patolagik holatlarda me’da-ichak faoliyatiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishda mustaqil ish boshlab, 1998-yil Fan Nomzodi dissertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qildi. Ish faoliyatini 1999-yilda Sanitariya Epidemiologiya Stansiyasining Sanitariya Gigiyena Laboratoriyasi Kommunal bo‘limida vrach laborant lavozimida doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy – nazariy saviyasini oshirish ustuda ishlab kelgan. 2006-yildan shu kunga qadar «O‘zbekiston Temir Yo‘llari» Aksiyadorlik Jamiyati Markaziy Sanitariya Epidemiologiya Stansiyasining Sanitariya Gigiyena Laboratoriyasida bo‘lim mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2014-yildan “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasining assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. 18 ortiq ilmiy maqolalar chob etgan.
SHAMSUTDINOVA MAVLUDA AMANULLAEVNA
(stajyor-o‘qtuvchi, O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Sanitariya-gigiyena laboratoriya mudiri)
1994-yilda Toshkent davlat tibbiyot intitutini sanitariya-gigiyena fakultetini sanitariya-gigiyena va epidemiologiya vrachi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2015-yildan "Gigiyena va radiatsion xavfsizlik" kafedrasining stajyor-o‘kituvchi lavozimida, keyinchalik assistent lavozimida ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining sanitariya-gigiyena laboratoriyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi hisoblanadi. Xizmat faoliyati davomida laboratoriya faoliyatda ko‘plab zamonaviy tahlil usullarini joriy etilishida o‘z hissasimi qo‘shib kelmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga ta’luqli barcha sanitariya normalari va gigiyena normativlari hamda texnik reglamentlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi. Hududiy laboratoriya xodimlarini vrachlar malakasini rivojlantirish markazida o‘qitish, qayta tayyorlash, birlamchi ixtisoslashuv jadvallarini tuzishda ishtirok etadi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari laboratoriyalari mutaxassislarining laboratoriya majmuasi bazasida ish joyida doimiy ravishda o‘qitib borilishida faol ishtirok etadi. O'z ish faoliyati davomida sanitariya-gigiyena laboratoriyasida oziq-ovqat mahsulotlarida, tuproq va suvlarda, yuvish vositalarida, atmosfera va ishchi xavosida 946 tadan ortiq taxlillarni tadbiq etgan. Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologiya xizmatini rivojlantirish maqsadida, usta-shogird an’anasi asosida yosh kadrlarni tayyorlashda o‘z zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni adolatli bajarib kelmoqda.
ESHMURADOV OTABEK UMAROVICH
(assistent, Radiatsiya xavfsizligi bo'yicha mutaxassis)
2014-yildan “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasining stajyor-o‘kituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. AQSh Energetika vazirligi va AQShning Argonna milliy laboratoriyasida MAGATE homiyligida kasbiy tayyorgarlikdan oʻtgan. Shuningdek, Avstriya, Belarus, Yaponiya, Chexiya, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Hindistonning turli institutlarida tahsil olgan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2020-yilda “Iste’mol qilingan yoqilg‘i bilan ishlash xavfsizligi va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash xavfsizligi to‘g‘risida”gi qo‘shma konventsiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining ikkinchi milliy ma’ruzasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik nomidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi uchun Asosiy dasturni (2022-2027-yillar) ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan Shveytsariyaning Tropik va jamoat salomatligi instituti va uning mahalliy hamkor konsalting kompaniyasi ISIDAning qisqa muddatli xizmat koʻrsatish loyihasida atrof-muhit va ijtimoiy salomatlik masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida ishtirok etdi va Orol bo‘yida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini olib bordi. Radiatsion xavfsizlik masalalari buyicha kafedrada darslarni muntazam ravishda olib boradi. Bu yoʻnalishda 4 ta maqola va 2 ta tezislar muallifi.
KARIMOV OYBEK ZAFAROVICH
(stajyor-o‘qituvchi, Radiatsiya xavfsizligi bo'yicha mutaxassis)
2014-yildan “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasining stajyor-o‘kituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya xizmatining radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘limlarida turli lavozimlarda ishlagan. Xozirda O'zbekiston Respublikasi Prezident devoni xuzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining sanitariya epidemiologiya nazorati boshqarmasida toksikologiya laboratoriyasida Sanitariya vrachi radiotoksikologi. Sanoat korxonalari faoliyati davomida aholi salomatligini muhofaza qilishning gigiyenik jihatlarini o‘rganadi. Bu yoʻnalishda 4 ta maqola va 6 ta tezislar muallifi.
KODIROV DILMUROD ALIMXON O’G’LI
(assistent, ilmiy-tadqiqot radiologik laboratoriya mudiri)
2013-2018–yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Tibbiy profilaktika”yo‘nalishi bakalavri. 2019-2021-yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Radiatsion gigiyena” yo‘nalishi magistri. Magistrlik ishi “Kompyuter tomograf nurlanish ta’sirini “A” toifaga nisbatan gigenik baholash”. (Toshkent shahar misolida) mavzusida ximoya qilingan. Magistirlik ishi bo‘yicha 2 ta maqola nashir qilingan. 2018-yildan xozirgi vaqtgacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi ilmiy-tadqiqot radiologik laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelmoyda. 2021-yildan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Gigiyena va radiatsion xavfsizlik” kafedrasining assitenti.
Kafedraning joylashgan joyi: Toshkent shahar, Parkent ko'chasi, 51-uy, (71)268-17-10; E-mail: gigiyena@ tipme.uz
1. Kafedraning o'quv jarayoniga mas'ul – t.f.n., Isroilova Gulida Maratovna. Uyali telefon +998977626988 e-mail: gulida1968@mail.ru
2. Manaviyat - ma'rifat uchun mas'ul - t.f.d., professor Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich. Uyali telefon +998908086272 e-mail: anatoliyhud@mail.ru
3. Ilmiy ishlar va xorijiy aloqalar buyicha javobgar - t.f.n., katta o‘qituvchi Li Marina Vladimirovna. Uyali telefon +998909084737 e-mail: marina.li@uzliti-en.com
4. Bakiev Saydamin Alimovich - t.f.d., professor, kasaba uyushmasi Uyali telefon +998933976397
5. Asbob-uskunalariga va jixozlarga javobgar - Kodirov Dilmurod Alimxonovich - Uyali telefon +998977415118 e-mail: dilmurod.kodirov.93@mail.ru