Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Yangi O`zbekiston - Yangi hayot uchun!

18 Sen 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Toshkent                                                  18.09.2025

 

2025 yil 18 sentyabr kuni Markaz “Terapiya” fakultetida “Ma’naviyat kuni” bo’lib o’tdi. “Terapiya” fakulteti dekani, professor F.I.Xamrabayeva kirish so’zi bilan ochib berdi. Shifokorlarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan Prezident Qaror, Farmonlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi qarorlarini o‘rganish bo‘yicha Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini monitoring qilish va sifatini baxolash bo‘limi boshlig‘i dotsent, R.K.Salixodjaeva ma’ruza qildi.

 “Ustoz-shogird” an’anasi rukni ostida “Ustoz xayoti yo’liga bir nazar” mavzuida fakultet faxri bo’lgan ustoz “Nevrologiya” kafedrasi mudiri professor B.G.Gafurov  bilan  davra suxbati bo’lib o’tdi. So’ng “Kardiomiopatiya” ma’ruzachi ”Ichki kasalliklar” kafedrasi mudiri, professor A.Yu.Ibragimov prezintatsion taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida el ardog‘idagi san’atkor, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Ra’no Yarasheva bilan ijodiy uchrashuv bo’lib  o’tdi.

Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad, barcha yig’ilganlarga ma’naviy ozuqa yetkazish edi. Zero, barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashib Biz buni uddaladik.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva