Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ilg`or muhandislik maktabi: atom energetikasi va yadro texnologiyalarida yangi bosqich

17 Dek 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Toshkent                                         17.12.2025

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi — “Fizika, energetika va issiqlik texnikasining zamonaviy muammolari” doirasida NIYAU MIFI Toshkent filiali huzurida Atom energetikasi va yadro texnologiyalari bo‘yicha Ilg‘or muhandislik maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Ilg‘or muhandislik maktabi atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ta’lim maydoniga aylanishi kutilmoqda. Tadbir doirasida faxriy mehmonlar uchun Ilg‘or muhandislik maktabining laboratoriyalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Talabalar zamonaviy laboratoriya bazasining imkoniyatlarini namoyish etib, o‘zlarining ilmiy loyihalarini taqdim etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida NIYAU MIFI Toshkent filiali hamda O‘zbekiston Respublikasining energetika va ta’lim sohasidagi yetakchi tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular qatorida “O‘zlitineftgaz” AJ, “O‘zenergoinjiniiring” AJ, Forish politexnikumi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, GAMMA SYSTEMATICS hamda Yadro fizikasi instituti mavjud.

  

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva