Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

O`zbekiston Respublikasi Sog`likni saqlash vazirligi hamda Germaniya xalqaro xamkorlik jamiyatining vakolatxonasi o`rtasidagi XAMKORLIK

05 Iyl 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasida 2025-yil 3-iyul kuni  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasining vakillari bilan joriy yilning fevral, mart, aprel, may oylarida oʻtkazilgan muzokaralarda tahlil qilingan “Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash strategiyasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini malakasini oshirish qoʻshma dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kiritilgan takliflar bandlarini tahlili oʻtkazildi.

Muzokarada “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasi xodimlari: professor D.A.Asadov, dotsentlar V.A.Xakimov va A.K.Xamrayev, Germaniya xalqaro xamkorlik jamiyatining vakolatxonasi vakillari: xalqaro ekspert – Ann Kristin Xanser, tibbiyot muassasalarini boshqarish boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi maslahatchi – Fotima Muxitdinova, sogʻliqni saqlashni boshqarish boʻyicha milliy ekspert – Ravshan Azimovlar ishtirok etishdi.

Muzokara kun tartibidan quyidagi masalalar joy oldi:

-xalqaro ekspertlar ishtirokida 72 kreditli “Yirik koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarini boshqarish yoʻnalishlari/asoslari” mavzuiy malaka oshirish kursi dasturini joriy etish;

-xalqaro ekspertlar ishtirokida 180 kreditli “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash. Tizimni moliyalashtirish transformatsiyasi” umumiy malaka oshirish kursi dasturini joriy etish;

-2025-yil 17-18-oktyabr kunlari “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida professional raxbarlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz kasbiy taʼlimi transformatsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni Samarqand shahrida oʻtkazishda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatini ishtiroki;

-xamkorlikda xamkor tashkilotlar va davlat tibbiy oliy taʼlim muassasalarining “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash” boʻyicha mutaxassislari uchun muvofiqlashtirilgan taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha xalqaro mutaxassislar ishtirokida  seminar-trening oʻtkazish.

 

Xamkorlar kun tartibiga kiritilgan xar masala ijrosini taʼminlashga doir qarorlar qabul qilishdi.