Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Tashkiliy kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish xizmati asoslari”

25 Sen 2024

Namangan viloyatidagi davolash-profilaktika muassasalarining tashkilik-kadrlar boʻlimlari masʼul xodimlari uchun tashkil etilgan “Tashkiliy kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish xizmati asoslari” sayyor mavzuiy malaka oshirish sikli 2024-yil 16-21 sentyabr davrida Namangan shahrida oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi” Qonuni, Sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 17-noyabrdagi 291-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida professional boshqaruvchilarning strategik zaxirasi, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish samaradorligini tubdan yaxshilash toʻgʻrisida” buyrugʻi bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 26-apreldagi 03-28/8843-sonli koʻrsatma xati ijrosini taʼminlash maqsadida yangi mexanizm - “Hududiy davolash-profilaktika muassasalarining tashkiliy-kadrlar va inson resurslarini rivojlantirishga masʼul xodimlari uchun  mavzuiy malaka oshirish sikli joriy etildi. Mazkur sikllarni xududiy tartibda oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, xozirga qadar Andijon shahrida va Qoraqalpogʻiston respublikasida oʻtkazildi.

Navbatdagi sikl 2024-yil 16-21-sentyabr kunlari Namangan viloyati  sogʻliqni saqlash boshqarmasida 47 nafar mazkur boshqarma tarkibidagi davolash-profilaktika muassaslarining tashkiliy kadrlar va inson resurslarini rivojlantirish xizmati xodimlari uchun oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasining professori D.А.Asadov boshchiligidagi mutaxassislar: dotsentlar V.A.Xakimov, A.K.Xamrayev,  katta oʻqituvchi T.Yu.Aripov, S.B.Abduraximova, assistent Sh.N.Abbasxanova va Oʻzbekiston respublikasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi respublika kengashi vakillari tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi A.M.Iminov ishtirokida oʻtkazildi. Siklni yuqori samara bilan tashkillashtirilishi Namangan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining masʼullari bilan xamkorlikda assistent Sh.N.Abbasxanova tomonidan taʼminlandi.

Taʼlim jarayoni nazariy mashgʻulotlar, seminarlar, tinglovchilar ishlab kelayotgan tibbiyot muassasalari  faoliyatini taxlili hamda Namangan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi bir qator muassasalar bilan tanishish va ularning islohotlar tamoyillariga mos transformatsiyasi yoʻnalishlari, mexanizmlarini tahlil qilish koʻrinishida tashkillashtirilgani oʻziga hos yangilik boʻlib amaliy natija berdi.

Sikl yakunida tinglovchilar masofaviy testlashdan oʻtib soʻngra yozma imtixon topshirdilar. Ular tomondan bildirilgan takliflardan mazkur sikl tinglovchilar tarkibini kengaytirish, taʼlim hajmini oshirish hamda siklni davriy koʻrinishida har yili tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlimi jarayonini takomillashtirishning bunday koʻrinishlari mazkur soha transformatsiyasi natijadorligiga xizmat qilishi soʻzsizdir.