Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

San`at va tibbiyot uyg`unligi: stomatologiya kafedrasi kursantlarining galereyaga tashrifi

26 Yan 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                        26.01.2026

2026-yil 17-yanvar kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Xirurgiya” fakulteti tasarrufidagi “Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya” kafedrasi kursantlari O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasiga (“Art Gallery of Uzbekistan”) tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida kursantlar galereyaning 1-qavatida joylashgan Buxoro hunarmandlari ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmada zardo‘zlar, zargarlar, kashtachilar, kulollar hamda milliy uslubda ijod qiluvchi rassomlarning beqiyos mahorati namoyish etilgan bo‘lib, har bir eksponat o‘ziga xos badiiy olamni mujassam etadi. Ushbu asarlarning nafisligi va teran mazmunini so‘z bilan to‘liq ifodalash mushkul.

Shu bilan birga, galereyada O‘zbekiston xalq rassomi Fayzulla Ahmadaliyevning ijodiy ko‘rgazmasi ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Asarlardagi chuqur g‘oya, falsafiy mulohaza hamda ranglar uyg‘unligi tomoshabinni mushohadaga chorlab, san’at orqali estetik tafakkurni boyitadi.

Mazkur tashrif kursantlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, milliy san’atimiz va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, kelajak shifokorlar uchun muhim bo‘lgan nozik did, kuzatuvchanlik va tafakkur madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. San’at asarlaridagi aniqlik, uyg‘unlik va teran mazmun shifokorlik faoliyatida zarur bo‘lgan mas’uliyat, e’tibor va inson ruhiyatini chuqur anglash kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga yordam berdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva