«O‘zbekiston Qahramoni», «Oltin Yulduz» medali sohibi - «Oftalmologiya» kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori professor Xolidjon Maxamadjonovich Kamilov faoliyati, hayot yo‘liga bag‘ishlangan hujjatli film "O‘zbekiston tarixi" telekanali orqali butun Respublikaga namoyish etildi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi jamoasi Xolidjon Maxamadjonovich Kamilov kabi o‘z kasbining fidoiy insonlari bilan bir safda mehnat qilayotganligidan faxrlanadi.