Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Markazda "Inson xuquqlari" xaftaligi

13 Mar 2023

TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI

MENEJMENT FAKULTETI

 

Toshkent sh                                                                13 mart 2023 yil

 

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda ham muhimdir.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida Inson xukuklari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiklash to‘g‘risida" PK-46-sonli karori yuzasidan kabul qilingan Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 22 fevraldagi 08-04687-sonli topshiriq xati ijrosi ta’minlash maqsadida 2023 yil 13 mart kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi katta zalida Markaz o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, t.f.d., professor M.S.Kasimova, Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti dekani, t.f.d., professor B.A.Magrupov, “Jamoat salomatligi va Sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi mudiri, professor D.A.Asadov, Markaz uzluksiz kasbiy ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, t.f.n., dotsent R.K.Salixodjaeva tashabbusi bilan davlat organlari xodimlarining inson xukuklari va gender tenglik soxasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida "Inson xukuklari" xaftaligi joirasida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirga “Ma’rifat“ targ‘ibotchilar jamiyati azosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi spiker, “Mehnat Shuxrati” Ordeni sohibasi, yilning Eng Yaxshi Manaviyat targ‘ibotchisi, Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna  hamda Toshkent Davlat Yuridik Universiteti professori, yuridik fanlari doktori, Muxitdinova Feruza Abdurashidovnalar, O‘zbekiston Respublikasining inson xukuklari sohasidagi xalkaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislari sifatida tashrif buyurishdi.

         Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna tomonidan so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilayotganligi, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining  6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

         Yuridik fanlari doktori, Muxitdinova Feruza Abdurashidovna O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 22 iyun kuni qabul qilingan "Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi", uning mazmuni, strategiyada belgilangan vazifalar va ularning bugingi kundagi bajarilish xolatini Markaz xodimlari, professor uqituvchilari va tadbirda ishtirok etgan barcha uchun yoritib berdi.

         O‘ylaymizki Inson huquqlari mavzusiga bag‘ishlangan bugungi tadbir har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishga oz bo‘lsa ham hizmat qiladi.

 

https://t.me/txkmrm

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:              A.X.Xaydarova