
Hurmatli tibbiyot oliygohini bitiruvchi yoshlar!
Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi sizlarni 2025–2026 o‘quv yili uchun 42 ta mutaxassislik bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura)da o‘qishga taklif etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 18 iyuldagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq, qabul jarayonlari tanlov asosida amalga oshiriladi.
Markazimiz 90 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, mamlakatimizda tibbiy kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Minglab shifokorlar, olimlar va malakali mutaxassislar aynan shu yerda ta'lim olgan.
Ta'lim Yurtimizning yetakchi klinikalarida, markazimiz kafedralari joylashgan zamonaviy tibbiy muassasalarda olib boriladi. Dehqonchilik emas, bevosita amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim! Darslar akademiklar, professorlar, fan doktorlari va yetakchi amaliyotchi mutaxassislar tomonidan o‘tiladi.
Shuningdek, ikkinchi kursdan boshlab ordinatorlar uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘istonda stajirovka o‘tash imkoniyati mavjud. 2024–2025 o‘quv yilida 25 nafar ordinator bu imkoniyatdan foydalandi.
Qabul bo‘yicha ma'lumot:
Manzil: Tibbiy malaka markazi, 2-qavat, Qabul komissiyasi
Vaqt: Dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha
Hujjatlar: medtoifa.ssv.uz orqali topshiriladi
Call-markaz: 998 71 268 26 38
Telegram-kanal: https://t.me/Qabul_2526
Elektron pochta: qabul.tipme-2025@mail.ru
Qo‘shimcha ma'lumot: www.tipme.uz
Kelajagingizni bizning markaz bilan boshlang!
Bizning ta'lim — bu bilim, amaliyot va xalqaro imkoniyatlar uyg‘unligi.
Biz sizni kutyapmiz!