
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi
Toshkent 08.10.2025
Joriy yilning 8 oktyabr kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o'rinbosari, professor M.S.Kasimov boshchiligida, Markaz Sirdaryo filialining direktori A.M.Ashurov hamda bir guruh xodimlar ishtirokida Sidaryo viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi, Guliston tibbiyot klasteriga tashrif buyurdilar.
Bunda Sirdaryo viloyatida “Nevrologiya” va “Pediatriya va bolalar ovqatlanishi” kafedralari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor sikllar faoliyati bilan tanishdilar. Kursantlar bilan tibbiyotdagi yangi islohatlar, malaka oshirishdagi tashkiliy masalalarga to‘xtaldilar, kursantlar tomonidan berilgan savollar bahs munozaralarga boy bo’ldi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshig‘i S.S.Xudoyberganov bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu imzolangan memorandumdan ko’zlangan maqsad xalq salomatligi yo’lida xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: M.B.Mustafoyeva