
Yangi O‘zbekistonning Yangi konstitutsiyasi qabul qilinishi yuzasidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan referendum, konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, ularning mazmuniga bag‘ishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, barchamizniki” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-badiiy tadbir 2023 yil 5 aprel kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “SHIFOKOR” MTYO da bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TXKMRM “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” kursi mudiri, f.f.d., professor M.N.Nuritdinov;
Markaz “Akusherlik ginekologiya va perinatal tibbiyot” kafedrasi dotsenti N.M.Inoyatova;
“O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” kursi assistenti, PhD A.X.Xaydarovalar so‘zga chiqib, konstitutsiya har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozimligi, har bir soha jumladan o‘qituvchi, shifokor, huquq targ‘ibot organlari xodimlari va shunga o‘xshash bir qancha soha yo‘nalishilari, ta’limning barcha bosqichlari uchun yoshlarning siyosiy ongi, ma’naviy va ma’rifiy saviyasi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi xaqida ma’lumot berishdi.
Tadbir so‘ngida xushovoz xonanda, Chilonzor madaniyat uyi rahbari - Shavkat Ashurov o‘zining musiqiy chiqishi bilan barchaga xushkayfiyat tiladi.
O‘ylaymizki, 2023 yil 30 aprel kuniga belgilangan umumxalq referendumida faol ishtirok etamiz va bunday keyin ham yurt kelajagi yo‘lida barchamiz birdamlik va hamjihatlikda harakat qilamiz.