Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Milliy merosga ehtirom – kasbiy va ma`naviy kamolot asosi

11 Fev 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Toshkent                                    10.02.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300 sonli qarorida maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlanib, ushbu maqsadli ko‘rsatkichning 119 bandi ijrosi yuzasidan, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog’liqni saqlash” fakultetining “Oilaviy tibbiyot kasb kasalliklari kursi bilan” kafedrasi kursant tinglovchilari 2026 yil 10 fevral kuni kursant-tinglovchilar buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda temuriylar sulolasining yorqin vakili, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy” nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tashrif buyurdilar.

 Tashrif davomida tinglovchilar o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixiga oid noyob eksponatlar, qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar hamda badiiy meros namunalarini tomosha qilib, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Zero, muzeylar jamiyat hayotida muhim ilmiy, tarbiyaviy va ma’naviy maskan bo‘lib, yosh mutaxassislarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda beqiyos o‘rin tutadi. Ushbu tashrif tibbiyot xodimlarining nafaqat kasbiy bilimlarini, balki ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qildi.

 

 

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi:                           Sh.R.Maksudova

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti:                          M.B.Mustafoyeva