Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi
Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi
Toshkent sh. 24.03.2026
Joriy yilning 24 mart kuni Markazda umuminsoniy qadriyatlarimizni ulug‘lash, milliy an’analarimizni asrab-avaylash hamda ularni keng targ‘ib etish maqsadida yangilanish va yasharish ramzi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda “Sumalak sayli” tashkil etildi.
Tadbirda Markaz rahbariyati, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, kursant tinglovchilar, klinik ordinatorlar, shuningdek, Markazga tashrif buyurgan xalqaro mutaxassis ekspert mehmonlar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muloqot, tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi samimiy muhit hukm surdi.
Sumalak tayyorlash jarayoni milliy kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar va ezgu tilaklar bilan uyg‘unlashib, Navro‘zning asl mohiyatini – mehr-oqibat, birlik va totuvlikni yana bir bor namoyon etdi.
Mazkur sayl Markaz jamoasining birdamligi, milliy qadriyatlarga sadoqati hamda kelajak sari ishonch bilan intilayotganligini yaqqol ifodaladi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: M.B.Mustafoyeva