Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Zamonaviy xirurgiya va ma`naviy qadriyatlar uyg`unligi”

23 Yan 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Xirurgiya fakulteti

Toshkent                                         22.01.2026

 

Joriy yilning 22-yanvar kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Xirurgiya” fakultetida “Ma’naviyat kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir fakultet dekani, dotsent S.S. Kariyevning kirish so‘zi bilan ochildi. U o‘z nutqida Markazda bugungi kunda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda kelgusida belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng “Yuz-jag‘ xirurgiyasi tarixi, bugungi kundagi muammolari va istiqbollari” mavzusida “Jarrohlik stomatologiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor A.A. Abduqodirov tomonidan mazmunli va taqdimot asosidagi ma’ruza o‘qildi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston Respublikasida plastik va rekonstruktiv mikroxirurgiya” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining plastik va mikroxirurgiya bo‘yicha bosh konsultanti, “Jarrohlik – 1” kafedrasi dotsenti J.J. Rasulovning qiziqarli taqdimoti tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, jonli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 

Tadbir yakunida el ardog‘idagi san’atkor, shoir va ustoz xonanda Asliddin Do‘stov bilan ijodiy va musiqiy uchrashuv tashkil etildi. Respublikaning barcha hududlaridan ilm olish maqsadida tashrif buyurgan kursant tinglovchilar hamda klinik ordinatorlar uchun ushbu tadbir o‘zgacha ma’naviy ruh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva