Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

«Sog`liqni saqlash boshqaruvchilari maktabi-2026» maxsus integratsion mavzuiy malaka oshirish dasturi boshlandi

07 Yan 2026

Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 04-dekabrdagi 376-sonli “«Sog‘liqni saqlash boshqaruvchilari maktabi-2026» maxsus integratsion mavzuiy malaka oshirish siklini o‘tkazish to‘g‘risida” buyrug‘i bilan 2026 yil 05-yanvar – 14-fevral davrida xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari rahbar xodimlari uchun davriy maxsus integratsion malaka oshirish kursi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” kafedrasi negizida o‘tkazilishi belgilangan.  Mazkur xo‘jalik hisobidagi mavzuiy malaka oshirish sikli integratsion tartibda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti bilan xamkorlikda o‘tkaziladi.

Reja-jadvalga binoan  2026 yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.A.Xudayarov raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik jamoat salomatligi qo‘mitasini boshqarmalari boshliqlari uchun birinchi sikl  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida  sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga oid belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash tahlilidan boshlandi.

Xududiy sog‘liqni saqlashni boshqaruv organlari rahbar xodimlarini uzluksiz kasbiy ta’limini innovatsion mexanizmlaridan bo‘lgan mazkur sikl tarkibidan  sog‘liqni saqlashni boshqarish va tarkibiy tuzilma transformatsiyasi,  iqtisodiyot, moliyalashtirish va buxgalteriya xizmati, yangi moliyaviy mexanizmlar, xodimlarni va nizolarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurash, mehnat munosabatlari, tibbiy huquq asoslari, birlamchi tibbiy sanitariya yordami xizmati, ilg‘or xalqaro tajriba  modullari joy olgan. Mashg‘ulotlar davomida dolzarb mavzular tahlillari, sog‘liqni saqlash vazirligida amaliyot, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini o‘rganish, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi bilan tahlil, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida mashg‘ulotlar o‘rin, madaniy dastur o‘rin olgan.      Xar bir sikl yakuni bo‘yicha sog‘liqni saqlash vaziri, vazir o‘rinbosarlari tomonidan taxlil o‘tkazib borilishi ko‘zda tutilgan. Sikl yakunida xar bir tinglovchi faoliyat natijalari bo‘yicha tayyorlagan axboroti tahlil qilinadi, masofaviy tartibda test, yozma va og‘zaki imtihon o‘tkaziladi.