Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Navro`z shukuhi: Markazda umumxalq xayriya hashari o`tkazildi

13 Mar 2026

Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi

Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi

Toshkent sh.                                              14.03.2026

Hashar — xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. “Hashar” deb atalgan ezgu an’ana asrlar davomida xalqimizni birdamlikka, hamjihatlikka, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatga chorlab keladi. Ushbu an’ana nafaqat hududlarni obod qilishga xizmat qiladi, balki insonlar o‘rtasidagi hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik kabi yuksak fazilatlarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharlari ham ana shu ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Joriy yilning 13–14 mart kunlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida ham Navro‘z umumxalq bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari tashkil etildi. Mazkur hashar davomida markaz hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni yanada pokiza va fayzli holatga keltirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, markazning fidoyi va mehnatkash tozalik xodimlari tomonidan bino atrofi, hovli hududi va yo‘laklar tozalandi, deraza oynalari artildi, daraxtlarga ishlov berilib, ularning tanalari oqlanib tartibga keltirildi. Hududdagi yashil maydonlar saranjom-sarishta qilinib, bahor faslini munosib kutib olish uchun obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Bunday ezgu tashabbuslar markaz hududida tozalik, ozodalik va obodlik muhitini yaratish, shuningdek, jamoa o‘rtasida hamjihatlik va birlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                     Sh.R.Maksudova

 Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                      M.B.Mustafoeva