Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Ayol borki, olam munavvar!

11 Mar 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi             

Toshkent sh                                                         10 mart 2026 yil

 

2026 yil 10 mart kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.  Markaz direktori, professor X.A.Akilov xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni qaror toptirish, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzi yildan-yilga ortib borayotgani, ularning ilm-fan, tibbiyot, ta’lim hamda boshqa ko‘plab sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani e’tirof etildi. Ayniqsa, Markazda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning kasbiy mahorati, fidokorona mehnati hamda jamoa hayotidagi faolligi alohida e’tirof etildi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              M.B.Mustafoyeva