Tibbiyot xodimlаrining kаsbiy mаlаkаsini rivojlаntirish mаrkаzi
Mа'nаviyat vа mа'rifаt boʼlimi
Toshkent sh. 27.03.2026
Bugun 27 mart, Toshkent shahrida “Inson va salomatlik” XIII Xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Bugun kongressning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Erkinovna Bositxonova ochib berdi. Shuningdek, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor Xabibulla Atalayevich Akilov so‘zga chiqib, mazkur forumning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Tadbirda yaqin va uzoq xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z tabriklarini bildirdilar.
Kongress doirasida zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari — kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, endokrinologiya, shuningdek, antibiotikoterapiya va murakkab kasalliklarni kompleks davolashda dalillarga asoslangan tibbiyot masalalari muhokama qilinmoqda.
Ayni kunlarda kongress o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda ilmiy sessiyalar, ma’ruzalar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvi tashkil etilgan. Jumladan, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.
Bunday xalqaro kongresslar respublika sog‘liqni saqlash tizimi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ular zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishda muhim platforma hisoblanadi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: M.B.Mustafoyeva