Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Axmedova Inobat Muxamedjanovna

Axmedova Inobat Muxamedjanovna
T.f.d. , kafedra mudirasi

 

Kafedra mudiri, t.f.d., Axmedova Inobat Muxamedjanovna

Axmedova Inobat Muxamedjanovna, 1964-yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli, 1987-yili O'rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutini pediatriya ixtisosligi bo’yicha tugatgan. 1987-1988 yillarda O'zSSV Pediatriya ITI klinikasi bazasida "Pediatriya" ixtisosligida internaturani o'tgan. 1988-yildan 1990-yilgacha 7-sonli bolalar poliklinikasida maktab vrachi lavozimida ishlagan.

1990-yildan 1998-yilgacha O'zSSV Pediatriya ITI da gastroenterologiya bo'limida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

1998-yilda "Bolalardagi ichak disbakteriozi bilan assotsirlangan surunkali gastroduodenitning klinik-bioximik tavsifi" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.

1998-1999 o'quv yilida ToshVMOI 2-pediatriya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan.

1999-yildan 2002-yilgacha O'zSSV Pediatriya ITI "Pediatriya" ixtisosligida doktoranturani o'tagan.

2006-yilda "Bolalardagi ingichka ichak enzimopatiyalaridagi gormonal va metabolik buzilishlar" mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.

2002-yildan 2017-yil 25-avgustgacha RIPIATM gastroenterologiya ilmiy bo'limida bosh ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

2013-yildan 2017-yilgacha ToshVMOI "Pediatriya va bolalar ovkatlanishi" kafedrasida o'rindosh professor lavozimida ishlagan.

2017-2018 o'quv yilidan boshlab hozirgi davrgacha TXKMRM "Pediatriya va bolalar ovqatlanishi" kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatyapti.

Pedagogik ish staji – 23 yil, malakaviy toifasi – oliy.

JSSTning bolalar kasalliklarini integraralashgan usulda olib borish dasturining ambulator va stasionar o'quv programmalarida bevosita ishtirok etgan. JSST, YUNISEF, USAID/zdrav plyus, USAID/sog'lom oila, USAID/project nore xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda o'quv dasturlarini amaliyotga tadbiq etishda qatnashgan.

RIPIATM ilmiy kengash a'zosi. O'zRSSV onalik va bolalikni muhofaza qilish muvofiqlashuv kengashi a'zosi, davolash-profilaktika muassasalarining tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini baxolash bo'yicha mahalliy konsultanti xisoblanadi. 2012-yildan beri O'zR SSVning o'quv tarbiya muassasalari buyicha Bosh konsultanti.

Umumiy pediatriya, pediatriya, bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi, bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan, o'smir va chaqiruv yoshidagilar kasalliklarining shifokorlik ekspertizasi, bolalar allergologiyasi va immunologiyasi, bolalik davri immunoprofilaktikasi mutaxassisliklari ixtisoslashtirilgan attestasiya komissiyasi a'zosi sifatida faoliyat ko'rsatadi. ToshPMI huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.tib.29.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a'zosi. Axmedova I.M. ko'plab xalqaro va mahalliy anjumanlarning doimiy ishtirokchisi va ma'ruzachisi.

Axmedova I.M. tomonidan 18 o'quv dasturlari, 120 dan ortiq ilmiy nashrlar, 16 uslubiy ko'rsatmalar, 2 ta ixtiro patentlari chop etilgan.                                          

 

KAFEDRA TARIXI

2-pediatriya kafedrasi 1981-yilda tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib dotsent Sh.S.Saydiganiev tayinlangan.

Kafedra qoshida 1984-yilda "bemor va sog'lom bolalarni ovqatlantirish" kursi tashkil etilgan. Unga dotsent Sh.Sh.Shomuxamedov rahbarlik qilgan va kafedra nomi "2-pediatriya, bemor va sog'lom bolalarni ovqatlantirish kursi bilan" deb atalgan.

1985-yili Toshkent shahri va viloyati pediatrlarining malakasini oshirish uchun 4-pediatriya kafedrasi tashkil qilindi. Kafedraga professor A.T.Sultanov mudirlik qildi. 1992-yilda ikkala kafedra birlashtirilib, "Pediatriya va bolalar ovqatlanishi" kafedrasi deb nomlandi. Shu yildan 2017-yilgacha kafedra mudiri A.T.Sultanov, 2017-yildan hozirgi davrgacha kafedra mudiri, t.f.d. I.M.Axmedova.

         

 

 

 

 

KAFEDRANING KLINIK BAZASI:

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Manzili: Olmazor tumani, Chimboy ko’cha, proezd Talant 3-uy.

Markazdagi umumiy o'rinlar soni – 400ta.

Telefon: +998712286272 

 

 

 

KAFEDRA XODIMLARI

 

 

Nazarova ixtibor Djuraevna - dotsent, t.f.n., kafedra o'quv ishlari bo'yicha mas'ul.

1978-yil O'rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutini bitirgan. Klinik ordinaturani ToshVMOI 1985-1987 yillarda o'qigan.

1999-yil kandidatlik dissertasiyasini "Surunkali gepatit B li bolalarda fitoekdizonlarning qo'llanilishini kliniko-patogenetik asoslanishi" mavzusida himoya qilgan. 1999-yildan shu kafedrada assistent, 2016-yildan dosent lavozimida faoliyat yuritadi

 

 

Salixova Mamura Zaxidovna – assistent, kafedrada davolash, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo’yicha mas'ul.

1992-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini bitirgan. 5-bolalar shifoxonasida internatura o'tib, 1996-yilgacha shu yerda faoliyat yuritgan.

1996-2000 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida assistent lavozimida ishlagan.

2000-yildan boshlab, hozirgacha shu kafedrada assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Sultanxadjaeva Shazodaxon Saidbakievna - PhDassistent, ilmiy ishlar va klinik ordinatorlarga mas'ul.

1997-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini bitirgan. 1997-2021 yillarda RIPIATMda ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2020-yildan hozirgi davrgacha shu kafedrada ishlab kelmoqda. 2022-yil "Ovqat allergiyasining gastrointestinal formasi: diagnostika va davolash" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini ximoya qilgan.

 

 

Avezova Zilola Shavkatovna – assistent, 2016-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakultetini tugatgan.

2016-2019 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura yo’nilishida o'qigan. Magistrlik ishini "Bolalarda bronxoobstruktiv sindrom shakllanishida mikroelementlar disbalansi va vitamin D ning roli" mavzusida yoqlagan.

2019-yildan hozirgacha shu kafedra assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

KAFEDRA HAYOTI HAQIDA MA’LUMOT

 

 

Kafedra joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokorlarning malakasini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Quyidagi bo'limlarda kursantlarning amaliy-kasb mahoratlari oshiriladi: pulmonologiya, allergologiya, gastroenterologiya, jonlantirish, erta yoshdagi bolalar, gepatologiya markazi, nefrologiya, neonatologiya, reabilitasiya va klinik-bioximik laboratoriya bo'limlari.

 

 

 

 

 

 

 Kafedrada pediatriyaning barcha yo’nalishlari bo’yicha ma’ruzalar o’tkaziladi.

 

 

 

Amaliy mashg’ulotlar kafedra bazasida mavjud bo’lgan zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan diagnostika xonalari va bo’limlarda olib boriladi.

 

 

 

 

 

 

 

Kafedrada oxirgi 3 yil davomida 50 nafardan ortiq klinik ordinatorlar o’qitildi.

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra xodimlari barcha ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etishda faol ishtirok etadilar.

2023-yil 5-6 iyun kunlari pediatrlar uchun "Go'daklarning ovqatlanishi va salomatligini dasturlash" mavzusida 12 kreditli o'quv – amaliyot seminari tashkil qilindi.  

 

 

2023-yil 26-27 sentyabr kunlari kafedra tomonidan "Chegarasiz pediatriya – 2023" Xalqaro Kongressi tashkillashtirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra xodimlari mukofotlari:

1. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi ko'krak nishoni bilan Axmedova I.M va Salixova M.Z. lar taqdirlandilar

 

 

 

I.M.Axmedova 2023 yili 1-oktyabr – o'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-