Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Aripov Abdumalik Nigmatovich

Aripov Abdumalik Nigmatovich
Tibbiyot fanlari doktori, professor, Kafedra mudiri

TXKMRM Klinik laborator diagnostika kafedrasi

 

Klinik laborator diagnostika kafedrasi klinik tibbiyotda va avvalambor XX asrning 20-30 yillarida O‘rta Osiyoda keng tarqalgan tropik va parazitar kasalliklar diagnostikasida  laborator tadqiqotlar usullarini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli tashkil  qilingan.

A.N.Kryukov, keyinchalik  I.A.Kassirskiy rahbarligidagi  ToshTI ning  gospital terapiya kafedrasi qoshida parazitologiya kursi tashkil qilinadi va unga I.I.Xodukin  rahbarlik  qiladi. Keyinchalik ToshVMOIda mustaqil tropik kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan va unga professor A.S.Mnushkin rahbarlik  qilgan.

Kafedrada  shifokorlarni gematologik, umumklinik va parazitar tekshirish usullari bo‘yicha o‘qitish olib borilgan.

Laborator xizmatni yaxshilash, vrach-laborantlarning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish maqsadida 1958 yilda  “Klinik laborator diagnostika va parazitar kasalliklar kafedrasi” tashkil qilingan va unga t.f.n., dotsent N.R.Rahimov boshchilik  qilgan.

Keyinchalik kafedra “Klinik laborator diagnostika kafedrasi” deb nomlana boshlangan. 1961 yilidan 1998 yilgacha kafedraga professor M.M.Mahkamova rahbarlik  qilgan. 1998  yildan  2019 yilgacha professor A.N. Aripov, 2019 yildan hozirgi  kungacha  kafedraga t.f.d., dotsent  O.A.Aripov  rahbarlik  qilmoqda.

Kafedrada oxirgi yillarda “Tibbiy laboratoriyalarda sifatni nazorat qilish” yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borildi, bundan tashqari «Lipoproteidlar va ateroskleroz», «Qandli diabet va buqoq kasalligida zardob ferment tizimlari», «Oshqozon yarasi va oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarda eritropoez hujayralarining ultrastruktur tasnifi», «Fermentlar va homiladorlik»  va boshqalar mavzulariga oid ilmiy ishlar olib borilgan.   

Kafedra tashkil qilinganidan buyon 450 dan ziyod bosma ishlar chop etilgan, 10 monografiya, 45 metodik qo‘llanma, 15 ratsionalizatorlik takliflari, shular  jumlasidandir. Kafedra faoliyati davomida 20 nomzodlik va 8 doktorlik dissertatsiyalari himoya  qilingan.

  Kafedra institutning ma’muriy binosida joylashgan. Pediatriya RIPIATM, shahar diagnostika markazi kafedraning bazalari hisoblanadi.

  Kafedra O‘zR DPM KDL, Moskva biotibbiy kimyo ITI, Rossiya uzluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasining Klinik laborator diagnostika kafedrasi bilan har tomonlama hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

 

 

Aripov Orifjon Abdumalikovich

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Kafedra mudiri

 

 

1998 yili 2-ToshDavTI davolash fakultetini tamomlagan. 1998 yildan 2000 yilgacha “Klinik laborator diagnostika” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani o‘tagan. 2000-2003 yillar Pediatriya ITIda aspiranturani o‘tagan. 2003-2004 yy. Pediatriya ITI biokimyo laboratoriyasida kichik ilmiy xodim 2004-2005 yy. Ushbu bo‘lim mudiri. 2005-2008 yy. “Bolalar infeksiyasi” va “Bioximiya” ixtisosligi bo‘yicha Pediatriya ITIda doktorantura o‘tagan. 2004 y. “Bolalarda surunkali gepatit B da metabolik o‘zgarishlar va ularni membrana stabillovchi preparatlar bilan korreksiya usullari” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2010 yilda “Gepatitlarda hujayra o‘limi molekular mexanizmlari va ularni korreksiya yo‘llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2009 yildan 2019 yilgacha ToshVMOI ning klinik laborator diagnostika kafedrasi assistenti, 2019 yildan hozirgi vaqtgacha TXKMRM ning Klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Dotsent O.A.Aripov 50 dan ortiq ilmiy ishlar va 20 ta uslubiy tavsiyanomalar muallifi, 3 ta monografiya hammuallifi.

 

Aripov Abdumalik Nigmatovich

Tibbiyot fanlari doktori, professor,

 

 

A.N. Aripov 1969 yilda ToshTIning stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1976 yilda «Биохимические аспекты компенсаторно-приспособительных процессов» nomli nomzodlik, 1989 yilda «Повреждение мембран эндоплазматического ретикулума печени при гепатитах и методы их коррекции» nomli doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1991 yilda unga professorlik unvoni berilgan.

Mehnat faoliyatini 1969 yilda ToshTI bioximiya laboratoriyasining ilmiy xodimi sifatida boshlagan. 1976-1998 yillarda  Pediatriya RIIATM laboratoriya bo‘limining mudiri lavozimida ishlagan.  1998-2019 ToshVMOI Klinik laborator diagnostika kafedrasiga mudirlik qilgan. Shu bilan birga 2003-2012 yillarda  ToshVMOI ilmiy ishlar prorektori lavozimida ham ishlagan. 2019 yildan hozirgi vaqtgacha TXKMRM ning Klinik laborator diagnostika kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

U 4 monografiya, 250 dan ortiq maqola, 20 ta uslubiy tavsiyanomalar va 5 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.  Uning rahbarligida 10 ta  doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari  himoya qilingan.  O‘zR SSVning klinik laborator diagnostika bo‘yicha bosh mutaxassisi hisoblanadi. «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

Borzova Nina Sergeevna

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

 

1971 y. ToshMI pediatriya fakultetini tamomlagan.

1971-1973 yy. ToshMI bioximiya kafedrasi stajer izlanuvchisi bo‘lgan. 1976 y. dan 1987 yilgacha organ va to‘qimalar transplantatsiyasi bo‘yicha muammoli ilmiy-tekshirish laboratoriyasida kichik ilmiy xodim. 1986 yildan 1988 yilgacha ToshMI infeksion kasalliklar kafedrasi assistenti, 1988 y. iyun oyidan katta o‘qituvchi, 1997 y. apreldan TXKMRM klinik laborator diagnostika kafedrasi dotsenti bulib ishlamoqda.

1986 yil “Surunkali glomerulonefritni yangi immunosupressor Batriden bilan davolashda immunologik nazorat” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan.

200 dan ortiq ilmiy ishlari, 50 ta uslubiy tavsiyanomalari mavjud. 1 monografiya hammuallifi. 20 yil davomida kafedrada o‘quv ishlariga javobgar, 17 yil vrach laborantlar uchun O‘zR SSV attestatsion komissiya a’zosi bo‘lgan. «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

Muxamedjanova Nodira Ismaildjanovna

Tibbiyot fanlari doktori, katta o‘qituvchi

 

2000 yilda 2-ToshDavTI tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan. 2000-2001 yy. klinik laborator diagnostika kafedrasida katta laborant, 2001-2004 yy. stajer o‘qituvchi, 2004-2015yy. assistent, 2015 yildan katta o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda. 2011 y. “Surunkali gepatit B bemor bolalarda limfotsitlarning struktur-funksional o‘zgarishi” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2019 yilda doktorlik dissertatsiyasini “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalaridagi laborator tekshiruvlarining sifat nazorati tizimini shakllantirish” mavzusida yoqlagan.

Muxamedjanova N.I. bir qator o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar maqola va tezislar muallifi.

 

Sha-Axmedova Liliya Rashidovna

Tibbiyot fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

 

1984 y. O‘rta Osiyo pediatriya institutini tamomlgan. Irkutsk temir yo‘llari shifoxonasiga internatura o‘tagani jo‘natilgan. 1985-1986 yy. Irkutsk stansiyasida Bo‘limli klinik shifoxonada vrach pediatr bo‘lib ishlagan. 1986 y. pediatriya ITIda vrach-dietolog, pediatriya ITIda klinik ordinatura o‘tagan, ushbu institut pulmonologiya bo‘limida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. 2004 y. apreldan klinik laborator diagnostika kafedrasida assistent. 2005 y. “Erta yoshdagi bolalarda gipoallergen dieta va mebranotrop vositalarni qo‘llab bronxial obstruksiyali pnevmoniyani davolashni takomillashtirish” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan. 63 tadan ortiq ilmiy ishlar, 7 uslubiy tavsiyanomaga ega.

Axmatxodjaeva Dilnoza Anorovna

Katta o‘qituvchi

 

1996 y. O‘rta Osiyo Pediatriya Tibbiyot institutini, 1999 yilda O‘zRSSV PITIda internaturani   tamomlagan. 2000-2001 yy. ToshVMOI klinik laborator diagnostika kafedrasida stajer o‘qituvchi, 2001-2017 yy. assistent lavozimida ishlagan. 2017 yildan katta o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda. 20dan ortiq ilmiy ishlar va 3 ta uslubiy tavsiyanoma muallifi.

Usmanova Zaxro Abduvaliyevna

Falsafa doktori (PhD), Assistent

 

 

2008 yilda TTA davolash fakultetini tamomlagan. 2008-2010 yy. ToshVMOI Kardiologiya gerontologiya kursi bilan kafedrasida klinik ordinatura o‘tagan. 2012-2015yy. ToshVMOI klinik laborator diagnostika kafedrasida katta ilmiy xodim-izlanuvchi. 2015-2017 yy. kafedra stajer o‘qituvchisi, 2017 yildan TXKMRM klinik laborator diagnostika kafedrasi assistenti lavozimida ishlamoqda.

2017 y. «Karotid aterosklerozi dinamikasini baholashda noturg‘un aterosklerotik pilakcha markerlari» mavzusida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqlagan.

70 dan ortiq ilmiy ishlar, 1 monografiya, 3 uslubiy tavsiyanomalar, uslubiy qo‘llanma muallifi, 3 ixtiro patentiga ega.

 

Matyakupova Gulnora Radjabovna

Assistent

 

 

2000 yilda 2-ToshDavTI tibbiy-profilaktika fakultetini tamomlagan. 2015-2017 yy. Klinik laborator diagnostika kafedrasida stajer o‘qituvchi, 2017 yildan assistent lavozimida ishlamoqda.

 

Plugar Valentina Ivanovna

Assistent

 

 

1972-1980 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Klinik laborator diagnostika kafedrasi laboranti. 1980-2018 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Klinik laborator diagnostika kafedrasi katta laboranti. 2018-2021 yy. – Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Klinik laborator diagnostika” kafedrasining xona mudiri. 2021y. – h.v - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi «Klinik laborator diagnostika» kafedrasining assistenti. 11 dan ortiq ilmiy ishlar va 3 ta uslubiy tavsiyanoma muallifi.

 

Fayziev Behzod Sayfullaevich

Assistant

 

 

2012-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tibbiy pedagogika fakultetini tamomlagan. 2012 –yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumani Qishloq Vrachlik Punktida Umumiy amaliyot shifokori bilib ishlagan. 2013-yilda,Toshkent shahar tez tibbiy yordam 9-bo‘limida intensiv brigada shifokori bo‘lib ishlab kelgan. 2016-2018 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida  “Klinik laborator diagnostika” kafedra ordinatori bo‘lgan. 2018-2021-yil Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Klinik laborator diagnostikasi” kafedrasida stajer o‘qituvchi lavozimida o‘z faoliyatini davom ettirgan. 2021-yildan hozirgi vaqtgacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Klinik laboratoriya diagnostika”  kafedrasida assistent, IFA, PZR nazariy va amaliy darslari bo‘yicha mutaxassis. 

Toshev Ilxom Nazarovich

Katta o‘qituvchi

 

1993-1999 yy. - 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

1999-2003 yy. - Pediatriya ilmiy tekshirish instituti vrach-laboranti. 2003-2005 yy. – Respublika Narkologiya markazi laboratoriya bo‘lim mudiri. 2005-2005 yy. - Respublika OITS markazida vrach-laborant. 2005-2007 yy. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida klinik laborator diagnostika bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2011-2012 yy. - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi biokimiyo laboratoriyasi vrach-laboranti. 2012-2020yy.- “Toshkent shahar tibbiy maslaxat diagnostika markazi” Davlat unitar korxonasi Klinik diagnostika laboratoriya bo‘lim mudiri. 2017- 2020yy. – Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti Klinik laborator diagnostika kafedrasi assistenti, 2020 y – h.v – Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi  Klinik laborator diagnostika kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Isaxodjaeva Maxbuba Nurxudjaevna

 

Assistent

 

 

         2000-2006 yy.- Toshkent tibbiyot akademiyasi "Tibbiy profilaktika" yo‘nalishi bakalavri. 2006-2008yillar-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi "Klinik laboratoriya tashxisi" yo‘nalishi magistri. 2008 yildan boshlab Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazida Klinik diagnostika laboratoriyasida vrach-laborant lavozimida faoliyat olib boradi. 2023 yildan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Klinik laborator diagnostika kafedrasida assistent lavozimida, shuningdek Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazida Klinik diagnostika laboratoriyasida vrach-laborant lavozimida o‘rindosh sifatida faoliyat olib boradi.        Mutaxassis sifatida o‘z ishiga talabchan, ma’suliyatli, yangi izlanishlarga intiluvchan, ish faoliyatida doimiy ravishda aktiv harakat ko‘rsatuvchi xodim.

 

 

 

 

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-