«Akusherlik – Ginekologiya va Perinatal tibbiyot» kafedrasi
TVMOI «Akusherlik va ginekologiya» №1 kafedrasi 1937 yilda Toshkent shahrining 3-sonli tug’ruq majmuasida tashkil topgan. Kafedrani 1952 yildan boshlab dotsent, T. F. N. Kazarasian Ruben Nikitovich boshqarib kelgan. 1952 yildan 1970 yilgacha kafedra mudiri lavozimida T. F. D. Raevskaya Natalya Trofimovna faoliyat yuritganlar. 1970 yildan 1980 yilgacha dotsent, T. F. N. Fazilov Vasil Fazilovich kafedrani boshqargan. 1980 yildan 1983 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dosent, T. F. N. Maxmudova Mukaddas Maxmudovna faoliyat ko'rsatganlar. 1983 yildan 1987 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dosent, T. F. N. Xodjibaeva Roza Boltaevna faoliyat ko'rsatganlar.
1986 - 2023 yillari kafedrani professor Asatova Munira Miryusupovna boshqarib kelganlar. Asatova M.M. boshchiliklarida kafedrada ilmiy tadkikotlar va izlanishlar olib borilgan. Kafedradagi ilmiy izlanishlarning dolzarb yo'nnalishlari – xomiladorlikni ko'tara olmaslik va tuxumidon etishmovchiligi muammolariga bag'ishlangan. Kafedrada 24 fan nomzodlari va 5 ta tibbiyot fanlari doktorlari etishib chiqqan. Xozirgi kunda 6ta doktorlik dissertasiyalari tayyorlanmoqda.
Kafedra xodimlari Respublikada "Onalik va bolalik muxofazasi" dasturlarida faol ishtirok etadilar. Shu bilan birga kafedra xodimlari Respublika shifokorlarini bilim darajasini oshirishda o'z xissalarini qo'shib kelmokdalar.
2002 yildan professor Asatova M.M. tashabbusi va TVMOI Olimlar Kengashining qarori bilan kafedraning nomi "Akusherlik ginekologiya va perinatal tibbiyot" ga o'zgartirildi.
Gafurova Feruza Axrorovna
Dotsent, T.F.D.
"Akusherlik ginekologiya va Perinatal tibbiyot" kafedrasi mudiri

Gafurova Feruza Axrorovna 1971 yili Toshkent shahrining xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati – o'zbek. 1994 yili Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutini davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1994-1997 yillari I ToshDavTI ning "Akusherlik va ginekologiya" kafedrasida akusherlik-ginekologiya ixtisosligi bu’yicha klinik ordinaturada o'qigan. 1997-2202 yillari Toshkent shaxrining 6-sonli tug'ruq kompleksida shifokor ordinator lavozimida ishlagan. 2002 - 2016 yillari Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot " kafedrasi assistenti, 2016 -2021 yillari kafedra dosenti lavozimida ishlagan. 2021 yildan buyon Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi "Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot" kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelgan. 2007 yili nomozodlik dissertasiyasini, 2021 yili doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. Mexnat faoliyati davomida 65 ilmiy ish chop etgan. Shu jumladan – 8 uslubiy va o'quv qo'llanma, 5 – klinik protokol, 1 – monografiya.
O'zR Sog'likni saqlash vazirligi buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasida "Onalar o'limini kamaytirish va oldini olish chora-tadbirlari" doirasida Sirdaryo viloyati kuratori bo’lgan, 2023 yildan Buxoro viloyatida kurator.
2023 yil 4 sentyabrdan "Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot" kafedrasi mudiri deb tayinlandi.
Asatova Munira Miryusupovna
Professor. T. F. D.

Asatova Munira Miryusupovna 1949 yil 2 fevralda Toshkent shaxrida xizmatchi oiilasida tavallud topganlar, o'zbek. 1972 yilda ToshDavMI muvaffakiyatli tugatib Qarshi shaxrining tug'ruq kompleksida o'z ish faoliyatlarini shifokor ordinator lavozimida boshlaganlar.
1975 yilda TVMOI Akusherlik va ginekologiya №2 kafedrasida katta laborant lavozimida ishlaganlar. 1978-1981 yy. – Moskva vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranti va 1981yilda nomzodlik dissertasiyasini muvaffakiyatli yoqladilar. 1994-1995 yillar davomida Toshkent shaxar Sog'likni saqlash boshkarmasi boshlig'i muovini lavozimida ishlab kelganlar.r. 1982-1986 yy. – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Akusherlik-ginekologiya №1 kafedrasi assistenti etib tayinlandilar. 1988 yildan dosentlik lavozimida faoliyat yuritdilar. 1991yilda doktorlik dissertasiyalarini muvafakiyatli yoqladilar va 1993yilda professorlik unvoniga sazovor bo'ldilar. 1994-1995 yillar davomida Toshkent shaxar Sog'likni saqlash boshqarmasi boshlig'i muovini lavozimida ishlab kelganlar.
1995-1997 yillar davomida Shaxar perinatal markazi direktori, 2001-2010 yilgacha Respublika o'smirlar va bolalar reproduktiv salomatlik markazi direktori bo'lib ishlaganlar. 1986 yildan 2002 yilgacha – Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Akusherlik-ginekologiya №1 kafedrasi, 2002 yildan -2023 yilgacha "Akusherlik ginekologiya va perinatal tibbiyot" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelganlar.
Asatova M.M. boshchiliklarida 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 56 metodik qo'llanmalar 7 tavsiyalar va broshyuralar chop etilgan o'z. Res. SSV normativ xujjatlarini, milliy standartlarini va klinik qo'llanmalarini ishlab chikishda va tadbiq etishda faol ishtirok etadilar. Asatova M.M. rahbarligida 24 tibbiyot fanlari nomzodlari va 5 tibbiyot fanlari doktorlari tayorlandi va muvafakiyatli yoqlandi. Xozirgi kunda 6ta doktorlik dissertasiyalari tayyorlanmoqda.
Yeshimbetova Gulsara Zakirovna
Professor, T. F. D.

Gulsara Zakirovna Yeshimbetova 1959 yil 17 yanvarda Toshkentda xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1981 yili Toshkent Davlat tibbiet institutining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, O'zbekiston Respublikasi sog ' liqni saqlash vazirliginining akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutiga ishga yuborildi.
1981-1982 yillar internaturani tugatib o'z faoliatini AvaG ilmiy-tadqiqot instituti klinikasida rezident sifatida boshladi. 1985-1987 yillarda "Akusherlik va ginekologiya" AvaG ilmiy-tadqiqot institutida klinik ordinaturasida o’qigan, shudan song operativi va konservativligi ginekologiya bo’limida kichik ilmiy xodim sifatida faoliatini davom ettirdi.
1989 yil u TVMOI kunduzgi aspiranturaga o'qishga kirgan va uni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, 1992 yil TVMOI ning 1-soni Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti sifatida ishini davom ettirdi. 1994 yili tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1996 yili dotsent unvonini olgan. 2004 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
2008 yildanh boshlab ushbu kafedra professori. 2010 yili O'zbekiston Respublikasi Оliy Аttestatsiya komissiyasi tomonidan professor unvoni berilgan.
Faoliati davomida 80 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. G. Z. Yeshimbetova rahbarligida3 tibbiyet fanlari nomzodlari tayorlandi va muvafakiyatli yoqlandi.
Artikxodjayeva Guzal Shamsiddinovna
Dotsent, T. F. N.

Artikxodjaeva Guzal Shamsiddinovna Toshkentda xizmatchi oilasida tug'ilgan. 1985 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutinining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatib, 1985-1986 yillarda Chirchik shaxar tug’ruqxonasida Akusherlik va ginekologiya mutaxasisligi buyicha internatura o'tgan. 1991-1994 yillari Toshkent shaxar 5-tug'ruqxona akusher-ginekologi lavozimida ishlagan. 1994 – 1996 yillari TVMOI Akusherlik va ginekologiya №1 kafedrasida katta laborant lavozimida ishlagan. 1996 – 2005 "Akusherlik ginekologiya va perinatal medisina" kafedrasi assistenti, 2005 yildan xozirgi kunga qadar shu kafedrada dosentlavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2001 yili "Sostoyanie gipofizarno – yaichnikovoy funktsii u jenshin s diffuzno – netoksicheskim zobom i nevinashivaniem beremennosti" mavzusida kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan. Umumiy ish staji – 37 yil, ilmiy - pedagogik ish staji 30 yil. Kafedrada o'quv-uslubiy ishlar buyicha ma'sul xodim.
Isanbaeva Landish Muxamedzakiyevna
Dotsent, T.F.D.

Isanbaeva Landish Muxamedzakievna, Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan.
1981 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutinining davolash fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1981-1982 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutida akusherlik-ginekologiya ixtisosligi buyicha klinik ordinaturada o'qigan.
1990-1993 yy. – Toshkent Davlat tibbiyot instituti 3-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasi aspiranti.
1993-2002 yy. – TVMOI Аkusherlik va ginekologiya №1 kafedrasi assistenti.
2002 yildan xozirgi kunga qadar Akusherlik ginekologiya va perinatal tibbiyot kafedrasi dosenti lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2022 yilda "Bachadon miomasi rivojlanishining klinik va immunogenetik mexanizmlari va uni differentsial davolash asoslari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. Umumiy ish staji 42 yil, shundan 30 yil pedagogik staji.
70 dan ortiq ilmiy maqola va 5 monografiya nashr etilgan.
Kafedrada ixtisoslik sikllaridagi kursantlarning kuratori.
Djalalov Uktam Djalilovich
Dotsent, T. F. N.

Djalolov O'ktam Djalilovich 1960 yili Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug'ilgan.
1983 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini umumiy tibbiyot mutaxassisligi bo'yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1983-1985 yillar Toshkent Davlat tibbiyot instituti xirurgiya kafedrasi stajyor-ilmiy xodimi sifatida o'qishga kirgan.
1990 yilda u akusher-ginekolog sifatida qayta ixtisoslashtirilgan. 1990 yilda "eksperimental salmonellyozda timusning strukturaviy va funktsional xususiyatlari" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi.
1990-1995 yillar O'zbekiston Respublikasi Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti tug'ruq bo'limida akusher-ginekolog bo'lib ishlagan. 1995-yilda Toshkent shahridagi 5-tug'ruqxonada bo'lim mudiri lavozimida ishlagan.
1995-1997 yillar O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi akusherlik bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
1997-2001 yillar Toshkent shahar perinatal markazi direktori o'rinbosari lavozimida ishlagan.
2001 yildan hozirgi kunga qadar TVMOI "akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot" kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Faoliyati davomida 70 dan ortiq ilmiy nashrlar chop etilgan. 40 yillga yaqin pedagogik tajribaga ega.
Dotsent, T.F.N.

Inoyatova Nodira Miranvarovna, 1991 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini tamomlagan, “Umumiy tibbiyot” mutaxassisligi bo‘yicha.
1993-1995 yillar – Toshkent tibbiyot malakasini oshirish institutining 1-sonli Аkusherlik va ginekologiya kafedrasini akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.
1997 yildan Toshkent vrachlarning malakasini oshirish instituti Аkusherlik-ginekologiya va Рerinatal tibbiyot kafedrasi assistenti. 2021 yildan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Аkusherlik-ginekologiya va Рerinatal tibbiyot kafedrasi dotsenti.
2001 yilda “Diffuzli toksik bo'lmagan bo'qoq bilan og'rigan ayollarda homiladorlikning klinik va immunologik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Umumiy ish staji 32 yil, shundan 26 yil pedagogik staji. 49 ta ilmiy nashri chop etilgan.
Kafedrada xo'jalik ishlari bo’yicha ma'sul xodim va klinik ordinatorlar kuratori.
Shaikramova Nilufar Xikmadjanovna
Assistent, T.F.N.

Shaikramova Nilufar Xikmadjanovna 1996 yil ToshPMI ni bitirgan. 1996-1997 yillarda Shaxar perinatal markazida Akusherlik va ginekologiya mutaxasisligi bo’yicha internaturani tugatib 1998-2000 yillarda TVMOI Akusherlik va ginekologiya №1 kafedrasida klinik ordinaturada o'qigan. 2000 – 2002 yillari TVMOI Akusherlik va ginekologiya №1 kafedrasida katta laborant lavozimida ishlagan. 2002 – 2005 "Akusherlik ginekologiya va perinatal medisina" kafedrasida assistent-stajer bo'lib, 2005 yildan xozirgi kunga qadar shu kafedrada assistent lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 2012 yili "Osobennosti reproduktivnogo zdorovya jenshin s sindromom giperprolaktinemii" mavzusida kandidatlik dissertasiyasini yoqlagan. Umumiy ish staji – 26 yil, assistent lavozimidagi ilmiy - pedagogik ish staji 21 yil. Kafedrada "ma'rifat va Ma'naviyat" ishlari buyicha ma'sul va klinik ordinatorlar kuratori.
Karimova Zuxra Abdullaevna
Kafedra xona mudiri

Karimova Zuxra Abdullaevna 1992 yil M.S. Tursunxo'jaeva nomidagi tibbiyot texnikumini bitirgan. 1992 – 2000 yillari Toshkent shaxar nefrologiya markazida ishlagan. 2000 – 2021 yillari TVMOI Akusherlik va ginekologiya №1 kafedrasida laborant lavozimida ishlagan. 2021 – 2023 yillari Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi "Akusherlik ginekologiya va perinatal medisina" kafedrasida laborant lavozimida ishlagan. 2023 yildan xozirgi kunga qadar shu kafedrada xona mudiri lavozimida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
