1950 yili Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan.
1974 yil AndMIning davolash fakultetini tomomlagan.
1975 – 1982 yillarda tuman shifoxonasida travmatolog – ortoped bulib ishlagan.
1982 – 1984 yillarda Moskva shaxrida TSITO da klinik ordinaturani o‘tagan.
Klinik ordinaturani tomomlagach II Toshkent Davlat Tibbiet Institutida assistent, 1992 yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib bordi.
1987 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1994 yil M.J.Azizov UzTOITI yirik bo‘g‘imlari va umurtqa pog‘onasi bo‘limiga rahbar etib tayinlandi.
U tomonidan Respublikada son – chanoq bo‘g‘imiga zamonaviy endoprotez turlarini o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.
1995 yili M.J.Azizov doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1997 yili M.J.Azizov O‘zbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish institutida direktor etib tayinlandi.
Uning rahbarligi ostida institutning barcha faoliyatida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Chet eldagi ko‘pgina ilmiy markazlar bilan soxa bo‘yicha aloqalar tiklandi.Professor M.J.Azizov Butunjaxon travmatolog – ortopedlar assotsiatsiyasi “SICOT”, Rossiya Federatsiyasi travmatolog – ortopedlar assotsiatsiyasi,bir nechta maxalliy va xorijiy tibbiyot jurnallari redaktsion kengashi aʻzosi. Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti olimlar, ilmiy va maxsus kengashlar raisi.U butun jaxon “SICOT” kongressi (S.Peterburg, 2002 y., Kuba, Gavana, 2004 y.); Xalqaro simpoziumlar 2000 y. –Tutlingen sh. Germaniya, 2001 y. –Jeneva sh. Shveytsariya, 2003 y. –Kardiff sh. Buyukbritaniya, 2002 y. –Moskva sh. Rossiya, 2003 y. – Ostana sh. Kazaxstan, 2004 y. –Kurgan sh. Rossiya katnashchisi. Uning raxbarligida 5 ta Fan doktori va 12 ta fan nomzodi tayyorlangan.M.J.Azizov 200 dan ortik ilmiy ishlar, 3 ta monografiya, 30 ta uslubiy qullanmalar va 31 ta patent muallifi.