Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Irgashev Shuxrat Boisovich

Irgashev Shuxrat Boisovich
T.f.d. professor, kafedra mudiri.
Telefon:
E-MAIL: -----

Kafedra tarixi 1948 yildan boshlanadi, usha davrda kafedra «Tibbiyotning falsafa muammosi» deb atalgan.

Turli davrlarda mazkur kafedra turlicha nomlangan va qator olimlar kafedraga rahbarlik qilgan: S.N. Berger (1948-1951), I.B. Sinelьnikov (1951-1953), А.M.Smirnov (1953- 1954), V.F.Sorokin (1955-1969), А.I.Lunyova (1969-1970), А.А.Fayziev (1971-1976). 1976 yilda kafedra asosida kurs tashkil etilgan va unga dotsent I.M.Xaydaro rahbarlik qilgan. 2002 yildan boshlab, mazkur kurs qayta tashkil qilindi va u «Sogʼlom turmush tarzi» deb nomlandi, mazkur kafedraga 2006 yilga qadar dotsent O.M. Аgzamova rahbarlik qildi.

Respublikada sogʼliqni saqlash tizimini islox qilish davrida nafakat profilaktik balki sogʼlomlashtirish tibbiyotini yanada rivojlantirishga ehtiyoj paydo boʼldi.

2006 yilda Valeologiya fani tibbiyot fanlari reestriga kiritildi va mart oyida ToshVMOIda Valeologiya kafedrasi tashkil etildi va ushbu kafedraga shu kunga qadar t.f.d., professor Irgashev Sh.B. rahbarlik qilib kelmoqda. U kishi sohaning yetuk olimi sifatida nafaqat kafedrani tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish balki, sogʼlomlashtirish tibbiyotining sogʼliqni saqlashdagi oʼrni va ahamiyatini yanada oshirishga hissa qoʼshib kelmoqda.

2023 yil sentyabrь oyidan boshlab kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Fayzieva Nozima Nurullaevna boshkarishni boshladi.

Sogʼliqni saqlash tizimini isloh etishni yanada chuqurlashtirish va aholi orasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, sogʼlomlashtirish tibbiyotining zamonaviy tamoyillarini tadbiq etish maqsadida yangi vrach-valeolog ixtisosligi kiritildi.

Hozirgi kunga kelib kafedrada malakali professor-oʼqituvchilar jamoasi faoliyat olib bormoqda. Kafedra mudiri, dotsent Fayzieva N.N. rahbarligida assistentlar Ermetova D.I., Tulyaganova K.А., Torakulov D.D., Mamadalieva U.I. va xona mudiri Sobirova L.А. faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada oʼtgan davr mobaynida qator oʼquv dasturlari takomillashtirildi. Umumiy malaka oshirishga moʼljallangan uch xil mavzudugi: 144 soatlik oʼquv sikli “Valeologiya-sogʼlomlashtirish tibbiyotining asosiy fani”, “Xulq atvor omillarining valeologik muammolari” va “Аholi orasida STTShning zamonaviy yondoshuvlari” mavzusida hamda tor mutaxassislar uchun 72 soatlik, Bosh shifokorlar uchun 36 soatlik va klinik ordinatorlar uchun ham 36 soatlik, ixtisoslashtirish buyicha 216 soat oʼquv dasturlari tuzilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.

Kafedrada xulq atvor muammosiga bagʼishlangan bitta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi va hozirgi kunda qator mavzularda nomzodlik dissertatsiyalari boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Professor Irgashev Sh.B. rahbarligida “Respublika aholisi orasida STTShning zamoaviy yoʼnalishalrini yaratish” mavzusida 2009-2011 yillari Davlat granti doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va natijada poliklinika tizimida aholi orasida individual darajada STTSh va salomatlik indeksini baholash boʼyicha ishlab chiqilgan matematik modellashtirilgan dasturga Davlat Patenti olindi.

Respublikada birinchi boʼlib professor Irgashev Sh.B. tomonidan 2012 yilda “Tibbiyot valeologiyasi” va 2015 yilda “Valeologiya” darsligi yaratildi. Ushbu kitoblar diplomdan soʼngi taʼlimda amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va OOʼYulari talabalarini oʼqitishga moʼljallangan. Hozirgi kunda tinglovchilar foydalanishi uchun kafedrada oʼzbek va rus tillarida oʼquv uslubiy qoʼllanmalar tayyorlangan. Kafedra xodimlari xalqaro va respublika miqyosida oʼtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib keladi. Yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy tezislar mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan.

 

 

Irgashev Shuxrat Boisovich, kafedra mudiri (2006 yil mart oyidan 2023 yil sentyabrgacha).

Tibbiyot fanlari doktori, professor, atoqli kardiolog-morfolog, jamoat arbobi. Uning ilmiy mehnatlari fundamental kardiologiya, shuningdek sogʼlomlashtirish tibbiyoti masalalariga bagʼishlangan, Oʼzbekistonda ham, xorijda ham chop yetilgan. Ibn Sino xalqaro fondini tashkil yetish tashabbusi boʼlib, uning birinchi raisi boʼlgan. Ular tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va metodik ishlanmalar chop yetildi. U bir necha monografiya muallifi. Koʼplab xalqaro ilmiy forumlarda ishtirok yetgan. Ikki doktorlik va oltinchi kandidatlik dissertatsiyasi rahbari. Ilmiy darajalarni himoya qilish boʼyicha ixtisoslashtirilgan kengash aʼzosi: «kardiologiya» mutaxassisligi. Kategoriyalarni berish boʼyicha attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiradi, « valeologiya » mutaxassisligi.

MOIS (yurakni oʼrganish xalqaro jamiyati) aʼzosi. «Sogʼliqni saqlash muassasasi» nishoni va medallar bilan taqdirlangan.

Irgashev Sh.B., 2023 yil sentyabrdan boshlab sogʼliqni saqlash vazirining Oʼzbekiston Respublikasida profilaktika va preventiv tibbiyot masalalari boʼyicha maslahatchisi yetib tayinlandi.

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-