Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Iskandarova Gulnoza Tulkinovna

Iskandarova Gulnoza Tulkinovna
Kafedra mudiri, t.f.d., professor

Epidemiologiya kafedrasining tarixi

Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (sobiq TVMOI) Epidemiologiya kafedrasi 1932 yilda “Epidemiologiya va mikrobiologiya” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, kafedra mustaqil bo‘lim sifatida 1950 yil 21 avgustdan “Epidemiologiya” nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

 

Kafedraga rahbarlik qilganlar:

1932 yildan 1950 yilgacha –professor Grekov A.D.

1950 yildan 1952 yilgacha–professor Gildin S.R.

1952 yildan 1957 yilgacha–professor Grekov A.D.

1958 yildan 1960 yilgacha – professor Badanov M.I.

1960 yildan 1977 yilgacha– dotsent Podgornova P.G.

1977 yildan 2005 yilgacha – dotsent Baxramova R.A.

2005 yildan 2011yilgacha – professor Niyazmatov B.I.

2011 yildan2017yilgacha –t.f.n. Saidaliev S.S.

2017 yildanhozirga qadar– professor Iskandarova G.T.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

1.Iskandarova Gulnoza Tulkinovna – t.f.d., professor, kafedra mudiri

2. Raxmanova  Jamila  Amanovna– t.f.d., kafedra dotsenti

3. Ne’matov Aminjon Sabdarovich– t.f.d., kafedra professori

4. Zoirova Nigora Taxirovna– kafedra katta o‘qituvchisi

5. Farmonova Maxfuza Fatulloevna – kabinet mudiri

 

Kafedraning rivojlanishiga Niyozmatov B.I., Baxramova R.A., Diveeva F.X., Sokolova I.S., Lebedeva N.P., Burakova Ye.F., Yarmuxamedov M.A., Xakimov M.M, Saidaliev S.S. kabi mutaxassislar katta hissa qo‘shdilar.

Kafedrada 11 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 6 ta tibbiyot fanlari drktori tayyorlangan. Hozirgi kunda kafedrada 2 ta doktorlik va 6 ta nomzodlik dissertatsiyasi ishlari bajarilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: “Immunoprofilaktika vositalari tomonidan boshqariladigan infeksiyalarga qarshi kurashda epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini o‘rganish”

 

 

 

IskandarovaGulnozaTulkinovna – tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri, tibbiy profilaktika fakulteti dekani, TXKMRM Xotin qizlar ko‘mitasi raisi. 1997 yilda II–ToshDavTI, sanitariya-gigiena fakultetini tamomlagan. 2000 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2007 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009 yilda professor unvoni tayinlangan. 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan: ixtiro uchun 5 ta patent, 10 ta monografiya, jurnallarda 130 ta maqola, 18 ta Scopus, 1 ta darslik va b. Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlandi va himoya qilindi. 2021 yil «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2022 yil “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. «Sanitariya – epidemiologiya, va jamoat salomatligi jurnali», «Salomat bo‘ling” jurnali, «of Eurasian Medical Research Periodical (EMRP)» Belgiya jurnali taxririyat a’zosi. Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy markazi ekspert komissiyasi a’zosi. Dsc.04/30.12.2019.Tib.30.01 (14.00.30-Epidemiologiya, 14.00.10-Yuqumli kasalliklar) ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash va seminar azosi. 2016-yilda Janubiy Koreyaning KOICA hamkorlik dasturi doirasida “Suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan infektsiyalarni epidemiologik tekshirish” o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv kursida malakasini oshirdi.

 

 

Kafedra xodimlari:

 

 

Raxmanova Jamila Amanovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent 2005 yildan buyon "Epidemiologiya" kafedrada ishlab kelmoqda. 130 dan ortiq ilmiy maqolalar, 8 ta uslubiy tavsiyalar va 12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 2007-yilda “O‘zbekiston Respublikasida TORCH-infeksiyalarning epidemiologik xususiyatlari va epidemiyaga karshi choralarni takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021 yilda “Odam papilloma virusining epidemiologik xususiyatlari va epidemiyaga qarshi choralarni tashkillashtirish” nomidagi (Dsc) dissertatsiyasini himoya qilgan.  SDS, JIZ, JSST,  ekspert-maslahatchisi, shuningdek, Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzurida Innovatsiya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Etib tayinlangan. U malakasini chet elda oshirdi (Germaniya, Koreya, R.Kox instituti).  GIZ tashkillashtirgan Utilizatsiya meditsinskix otxodov v laboratoriyax” treningida tahsil olib, trener sifatida treninglarni utkazdi (2022). Ingliz tili o‘quv kurslarini tamomlab, quyidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi: “ English for Science” (2021, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi), “Medical English” (2020, onlayn, RF).

 

 

 

Ne’matov Aminjon Sabdarovich tibbiyot fanlari doktori, professor. 1983 yildan tibbiyot fanlari nomzodi, 1995 yildan tibbiyot fanlari doktori, 2000 yilda professor unvoni berildi. 2004 yilda RF tibbiyot texnologiyalari Akademiyasi akademigi unvoni berildi.

A. S. Nematovning ikkala ilmiy ishi ham O‘zbekiston Respublikasi hududida yirik va mayda shoxli qoramollarning go‘shti, terisi va junini qayta ishlash korxonasi ishchi-xizmatchilari orasida qayd etilgan brutsellyozning epidemiologiyasi, epizootologiyasi, bakteriologiyasi va spetsifik profilaktikasini o'rganishga bag'ishlangan.

O‘ta xavfli bakterial va virusli infektsiyalarning patogenlarini (vabo, vabo, tularemiya, kuydirgi, brutsellyoz, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi) o‘rganishga, shuningdek, Respublikada, MDH mamlakatlarida va Evropada nashr etilgan leyshmanioz va o‘tkir diareya kasalliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

40 dan ortiq uslubiy-tashqiliy tavsiyalar, buyruqlar, o‘quv dasturlari muallifi. Mikrobiologik fanlarga bag‘ishlangan 4 ta darslik nashr etgan.

A. S. Nematov rahbarligida 8 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 2 ta tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan.

2023 yil noyabr oyida A. S. Nematov rahbarligida mustaqil talabgorlarning falsafa doktori (PhD) va tibbiyot doktori (Dsc) darajalariga hujjatlari tayyorlandi va ilmiy darajalar berish bo'yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengashga topshirildi. Bundan tashqari, A. S. Nematov tomonidan tibbiyot doktori (Dsc) darajasiga 2 nafar talabgor va falsafa doktori (PhD) darajasiga talabgorlarga ilmiy rahbarlik qilinmoqda.

 

 

Zoirova Nigora Taxirovna katta o‘qituvchi. 2001 yilda 2-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining Tibbiy-profilaktika fakultetini tugatgan. 2006 yilning sentabridan hozirga qadar TXKMRM “Epidemiologiya” kafedrasida faoliyat yuritib keladi, 2008 yildan boshlab kafedra assistenti, 2021 yildan boshlab katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. 2011 y “Epidemiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish kursini (3,5 oy 504 soat) ToshVMOI Epidemiologiya kafedrasida o‘tagan. 2016 yil 15 iyuldan 26 avgustga qadar Janubiy Koreyaning KOICA hamkorlik dasturi doirasida Pusan, Yongsey, Seul universitetlarida “Suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanishning epidemiologik surishtiruvi” o‘quv dasturining bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha trening kursini; O‘zR SSV va AQShning CDC tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan FETP-Frontline dasturi doirasida “Dala epidemiologiyasi” bo‘yicha 2021 yil yanvar-iyun oylarida o‘quv kursini; 2021 yilning iyul-sentabr oylarida Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Milliy tibbiyot markazida Koreya Xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (Korea Foundation for International Healthcare, KOFIH) va Doktor li Jong Vuk xalqaro stipendiyasi dasturi (Dr LEE Jong-wook Fellowship Program) doirasida tashkil qilingan “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha bo‘yicha trening” (Training Course for Infectious Disease) kursini; 2021 yil  noyabr oyida Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash” bo‘yicha o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, barcha kurslar bo‘yicha sertifikatlarga ega. Tibbiy-profilaktika fakulteti Ilmiy Kengashi a’zosi, TXKMRM Ta’lim dasturlari va me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘limi yetakchi mutaxassisi va Markaziy tashkiliy-uslubiy kengash kotibasi sifatida, Epidemiologiya kafedrasi va Tibbiy-profilaktika fakultetida Ma’naviy va ma’rifiy ishlar uchun mas’ul xodim, kafedrada AKT bo‘yicha mas’ul xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

 

Farmonova Maxfuza Fatulloevna xona mudiri. 1990 yil Buxoro viloyat Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot bilim yurtiga kirib, 1993 yil shu bilim yurtining Akusherlik yo‘nalishini tugatgan. 1993-1995 yillarda Buxoro viloyat Peshku tuman Tibbiyot Birlashmasining Tugruqxona bo‘limida akusherka bo‘lib, 2001 yilda Akusherlik-ginekologiya ilmiy tekshirish Institutida ishlagan.  2005 yildan TXKMRM Epidemiologiya kafedrasida laborant vazifasida, 2020 yildan kafedrada xona mudiri lavozimida ishlab faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Du
08:00 - 17:00
Se
08:00 - 17:00
Cho
08:00 - 17:00
Pa
08:00 - 17:00
Ju
08:00 - 17:00
Sha
-
Ya
-