Musabaev Erkin Isakovich - Tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri.
Erkin Isakovich Musabaev - tibbiyot fanlari doktori, professor, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori. Yuqumli kasalliklar kafedra mudiri.
1983 yilda “A va B virusli gepatitlarini davolashda sitoxrom C ning klinik va immunologik ko‘rsatkichlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1991 yilda “Tif-paratif kasalliklar va virusli gepatitlarda atsetillanish jarayonlari va monooksigenaza fermentlar tizimining klinik va patogenetik ahamiyati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1995 yildan professor unvoni berilgan.
2004-yildan bir vaqtning o‘zida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori.
Musaboev E.I. rahbarligida. 5 ta monografiya, 300 dan ortiq maqolalar, jumladan, yetakchi xorijiy jurnallarda, 30 ta uslubiy koʻrsatmalar, 50 dan ortiq oʻquv dasturlari chop etilgan. Shuningdek, E.Musabaev boshchiligida 18 ta tibbiyot fanlari nomzodlari va 5 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlandi.
Musabaev E.I. Yevropa gepatologlari assotsiatsiyasi a’zosi, O‘zbekiston gepatologlari assotsiatsiyasi raisi, shuningdek, bir qator mahalliy va xorijiy ilmiy tibbiy jurnallar tahrir hay’ati va tahrir hay’atlari a’zosi.
Musabaev E.I. 2020 yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” ordeni bilan mukofotlangan.
Rahimova Visolaxon Shavkatovna - Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, o’quv ishlari bo’yicha ma’sul.
Toshkent davlat tibbiyot institutini 2001 yilda tugatgan. So’ng ToshVMOI Institutining yuqumli kasalliklar kafedrasida klinik ordinaturani tamomlagan. Shu kafedrada 2003 yildan stajer- o’qituvchi lavozimida ishlab kelgan. 2006 yildan shu kafedrada assistent lavozimida ishlagan. 2010 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya gilgan va 2019 yildan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Nashrlar: 20 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etgan.
Saydaliyev Saidaziz Saidimuratovich - assistent
Toshkent tibbiyot akademiyasini 2010 yilda tamomlagan. 2013 yilda Toshkent Davlat Pediatriya tibbiyot institutini yuqumli kasalliklar yo’nalishi bo’yicha magistraturani bitirgan. 2014 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institute yuqumli kasalliklar kafedrasida stajer-o’qituvchi, so’ng assistant lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti.
Nashrlar: 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etgan.
Egamova Intizor Normuxammad - Tibbiyot fanlari nomzodi, assistent
2000 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini davolash ishi yo‘nalishini, 2011 yilda Virusologiya ilmiy tekshirish institutini klinik ordinaturasini Yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000 yildan Samarkand shahar 13 sonli oilaviy poliklinikasi o‘smirlar shifokori lavozimida boshlagan. 2012 yildan beri Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida uslubiy tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh shifokor muovini lavozimida ishlab kelmokda. 2017 yildan o’rindoshlik asosida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti lavozimida ham ishlaydi. Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 19 ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan 10 maqola, jumladan 8 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Shundan 2 ta maqolasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. 2020-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Mo’minova Shahlo Shokirovna - Assistent
2005-2012 yillarda Samarqand Davlat tibbiyot instituti talabasi. 2012-2015 yillarda Samarqand Davlat tibbiyot instituti magistratura talabasi. 2012 yilda mehnat faoliyatini Jomboy tumani Tibbiyot birlashmasida bolalar shifokori lavozimida ish boshlagan. 2013 yildan Samarqand shahar 11-sonli poliklinika yuqumli kasalliklar shifokori. 2015-2019 yillarda Samarqand Davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va
teri-tanosil kasalliklar kafedrasining assistent o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2019-2020 yillarda Toshkent shahar Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida bosh infektsionist bo‘lib ishlagan. 2023 yildan Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti.
Kafedra xodimlarining ilmiy ishlari haqida ma’lumot
Musabaev E.I. hammualliflikda 200 ta ilmiy ishlar (maqolalar va tezislar) shu jumladan, 3 ta monografia, Sog’liqni saqlash vazirligining buyruqlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv programmalar, 3 axborot xatlar, 2 ta ixtiro va patentga ega
Rakhimova V.Sh. hammualliflikda 20 ta ilmiy ishlar (maqolalar va tezislar) shu jumladan, 2 ta monografia, Sog’liqni saqlash vazirligining buyruqlari, 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv dasturlar, 3 uslubiy tavsiyalar, 1 ta ixtiroga va patentga ega
Saidaliev S.S. hammualliflikda 16 ta ilmiy ishlar (5 maqola va 11 tezislar) shu jumladan, Sog’liqni saqlash vazirligining buyruqlari, o‘quv dasturlar
Egamova I.N. hammualliflikda 30 ta ilmiy ishlar (maqolalar va tezislar) shu jumladan, Sog’liqni saqlash vazirligining buyruqlari, 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanmala, o‘quv dasturlar, 1 ta ixtiroga va patentga ega.
Mo’minova Sh.Sh. 11ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan 3 maqola, jumladan 6 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Eslatma
Yuqumli kasalliklar kafedrasi Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, Mikrobiologiya, yuqumli va parazitar кasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 2 qavatida joylashgan
Kafedraning ikkinchi bazasi 1-son Shahar Yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida joylashgan.
Kafedra kontakt ma’lumotlari
1-baza manzili: Toshkent Shahar, Yunus Obod tumani, 3-kvartal, Yangi Shahar ko’chasi, 7A
Aloqa telefoni raqami: (+998 71) 224-83-26
Faks: +998 (71) 224-83-26
2-baza manzili: Toshkent Shahar, Olmazor tumani, Taxtapul darvoza ko’chasi, 341a
Aloqa telefoni raqami: +998 (71) 240-34-61