Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Devonxona mudiri

Devonxona mudiri boshqaruv xodimlar tarkibiga kirib, markaz direktori buyrug‘iga asosan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.

Devonxona mudiri bevosita Markaz direktoriga  bo‘ysunadi.

Devonxona mudiri ish joyida bo‘lmaganda (mehnat ta’tili, xizmat safari, mehnatga layoqatsizligi tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra) uning xizmat vazifalarini direktor tomonidan tayinlangan boshqa tajribali xodim bajaradi.

Devonxona mudiri lavozimi malaka talablari:

oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

namunaviy, shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;

oliy ma’lumot yoki o‘rta-maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;

zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

Devonxona mudiri bilishi kerak:

Ish yuritishni tashkil etish, yig‘majildlar nomenklaturasini shakllantirish, doimiy va vaqtincha saqlanadigan yig‘majildlarning ro‘yxatlarini, yig‘majildlarni arxivga topshirish muddatlari va tartibini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash                 chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori va devonxona faoliyatiga tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, Akademiya yillik va istiqboli rejalarini, Akademiya Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Kengash qarorlari, markaz direktori, devonxona nizomi hamda ushbu yo‘riqnomani;

mehnat va o‘quv intizomi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar ish yuritish tartib qoidalarini, yong‘indan saqlash qoidalari va me’yorlarini.

Devonxona mudiri xizmat vaziflari:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999-yil  12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablarini markazda  bajarilishini ta’minlash;

ish yuritish va elektron hujjat almashinuvini ta’minlash;

Markazga keluvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;

Markazdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;

Direktor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, avtomatlashtirilgan devonxona bazasiga belgilangan tartibda kiritish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;

devonxonada ro‘yxatga olingan barcha hujjatlarga ijrochi – tarkibiy bo‘linma boshliqlarining familiyasi va ijro etish muddatini belgilab ustxat (rezolyutsiya) tayyorlash;

Direktor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;

Direktor (o’rinbosari) imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;

kiruvchi xat-xabarlarni, Markaz rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini qat’iy hisobini olib borish;

ijro etilgan hujjatlarni yig‘majildlarga tikib qo‘yish; tarkibiy bo‘linmalarda muhr va shtamplar hisobini yuritish; arxiv ish yurituvini ta’minlash;

idoraviy hujjatlarni saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ekspert komissiyasi ishini tashkil qilish va nazorat qilish;

ish yuritishda tugallangan hujjatlarni idoraviy hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish; Markaz Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Kengash qarorlari, rektor buyruqlariga rioya etish.

Devonxona mudiri huquqlari:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablarini bajarilishi yuzasidan tarkibiy bo‘linmalardan hujjatlar ijrosini talab qilib olish;

tarkibiy bo‘linmalar tomonidan yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilmasligi va “Nazorat” belgili hujjatlarni muddatini asossiz ravishda o‘tkazib yuborayotgan ma’sullarga chora ko‘rish uchun rahbarga bildirishnoma kiritish.