Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihonlar
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01 raqamli ilmiy kengash qoshida 14.00.13-Nevrologiya, 14.00.18-Psixiatriya va narkologiya, 14.00.23-Hamshiralik ishini tashkil etish, 14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlar fevral, may, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Yo‘llanma xat
- Ariza
- Pasport nusxasi
- Ma’lumotnoma (ob’ektivka)
- Buyruqdan ko‘chirma yoki ma’lumotnoma
- Diplom nusxasi
- Byulleten nusxasi yoki ilmiy kengash qaroridan ko‘chirma
- Dissertatsiya mavzusining asosnomasi
- Fayl
Hujjatlar malakaviy imtihonning navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladigan oyning 1-sanasigacha qabul qilinadi.