Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

2026/2027-O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURA (REZIDENTURA)GA QABUL BOSHLANDI!!!

21 Iyl 2026

2026/2027-O‘QUV YILIDA KLINIK ORDINATURA (REZIDENTURA)GA QABUL BOSHLANDI!!!

Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga asosan, 2026-2027-o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)da yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash maqsadida oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini 42 ta mutaxassislik bo‘yicha tanlov asosida klinik ordinaturaga o‘qishga taklif qiladi. Markazimiz klinik ordinaturasiga imtihon asosida qabul qilingan ordinatorlar respublikamizning yetakchi klinikalarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki markazimiz kafedralari aynan o‘sha yerda joylashgan. Bundan tashqari, sizda mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari qo‘l ostida ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Markazimiz xorijning nufuzli markazlari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, klinik ordinaturaning 2-kursida Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Turkiyada malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.  Jumladan, 2024-2025-o‘quv yilida o‘qishga kirgan klinik ordinatorlardan 10 nafari Turkiyada, 5 nafari Rossiya Federatsiyasida, 10 nafari Qozog‘istonda va 2 nafari Germaniyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat!

Qabul jarayonlari, kvotalar va mutaxassisliklar haqidagi to‘liq ma’lumotni www.tipme.uz sayti, Markazimizning 2-qavatida joylashgan qabul komissiyasi hamda 998 71 268 26 38 raqamli Call-markaz orqali (soat 09:00 dan 18:00 gacha) bilib olishingiz mumkin.

Barcha tug‘ilgan savollar yuzasidan qabul komissiyasi tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Qabul vaqti: dushanbadan shanbagacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha. Qabul markaz binosida (2-etaj, 3-zal) to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar https://medtoifa.ssv.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Barcha savollarga Call-markaz ( 998942682638), Telegram raqami va tipmeqabul@gmail.com elektron pochtasi orqali javob beriladi.  Undan tashqari, www.tipme.uz va https://t.me/qabul_2026k Telegram kanallari orqali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!