TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Xirurgiya fakulteti
Toshkent 22.06.2023
“30 iyun Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy badiiy tadbir 2023 yil 22 iyun kuni Xirurgiya fakulteti bilan xamkorlikda o‘tkazildi.Tadbirni fakultet dekani t.f.d., dotsent S.S.Kariev kirish so‘zi bilan ochib, fakultet yoshlarini, klinik ordinatorlarini tabriklab, Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan xolda, yosh avlodni bugungi shiddatli zamonda global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual saloxiyatga ega kadrlarga ayniqsa tibbiyot sohasida extiyoj har qachongidan ham ortib borishi borasida ularning iste’dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini ro’yobga chiqarish yo‘lida qat’iyat bilan xarakat qilayotgan USTOZ Talihaxon Shukurovna haqida shogirdlar e’tirofi tinglandi. Darhaqiqat, “Muallim - millatning yuzi, Vatan istiqbolining asl bunyodkoridir” deb bejizga aytilmagan.
Tibbiyot soxasi vakili, xavaskor shoir Sog‘liqni saqlash vazirligi “Farmasevtika soxasini tartibga solish va dori vositalari extiyojini aniqlash” bo‘limi boshlig‘i Otabek Normuminovich Chorievning qalamiga mansub she’rlaridan namunalar barchaga ma’qul bo‘ldi.
”Teatr - bu ibratxonadir”, teatrni ma’rifatpavar Maxmudxuja Behbudiy ana shunday atagan bo‘lsa, bugun yurtboshimiz, teatrni ma’naviyat o‘chog‘i, ijod ahlini esa inson qalbining muhandislari deya yuksak ta’riflaydilar. Inson ma’naviyatini yuksaltirishda teatrning alohida o‘rni bor. Dunyoqarashini boyitadigan ma’naviy mavzular har soxada ildamlayotgan kasb egalari uchun muhim o‘rin tutadi, jumladan, Siz shifokorlar uchun ham. Bugungi tadbirning ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishida O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktrisasi, sevimli san’atkorimiz O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xalq artisti Mukaddas Xolikovani gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
“Binobarin, agar biz yoshlarimizni sog‘lom va barkamol, Vatanga sodiq insonlar etib voyaga yetkazish niyatida-bo‘lg‘usi xorazmiylar, ibn sinolar, buxoriylar, ulug‘beklar, navoiylarni tarbiyalamoqchi ekanmiz birinchi navbatda, har tomonlama sog‘lom, yuksak bilimli va ma’naviyatli etib tarbiyalashimiz zarur. Bu borada ana shunday yuksak burchni aniq natijalar, amaliy ishlar bilan oqlashimiz darkor.