Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyati doirasida o`quv-amaliy tadbirlar“

27 Yan 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Toshkent                                  27.01.2026

 

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Zomin respirator kasalliklar o‘quv-simulyatsion markazida ftiziatriya, pulmonologiya, oilaviy tibbiyot hamda oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar Oila tibbiyoti, kasb kasalliklari–patologiyasi kursi bilan kafedra mudiri G.S.Xalimbetov boshchiligida o‘tkazilib, unda “Tibbiyot brigadalariga biriktirilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini muntazam oshirish va simulyatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

O‘quv jarayoni davomida ishtirokchilarga:

•  tibbiy brigada xizmatining zamonaviy tashkiliy modellari,

•  aholi bilan ishlashda oila shifokorining o‘rni,

•  oilaviy tibbiyot tizimida profilaktika, erta aniqlash va kuzatuv mexanizmlari

keng yoritib berildi.

 

Nazariy mashg‘ulotlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirilib, real klinik holatlar misolida tahlil qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan master-klasslar o‘tkazilib, ularda:

•  tibbiy brigada xizmatini rejalashtirish,

•  elektron hujjatlarni yuritish,

•  D-MED tizimida ishlash,

•  uy tashriflarini tashkil etish,

•  bemor va uning oila a’zolari bilan samarali muloqot o‘rnatish

kabi amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.

Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan oilaviy shifokorlar o‘z kasbiy bilim va malakalarini oshirib, kundalik faoliyatda qo‘llash uchun aniq tavsiya va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ushbu o‘quv-amaliy tadbirlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida xizmat sifatini oshirish, oila shifokori xizmatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva