Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Nogironligi bo`lgan bolalar uchun bepul tibbiy ko`rik boshlandi

18 Noy 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Toshkent                                                17.11.2025

“Ibn Sino” jamoat fondi 2025 yilga tasdiqlangan Ish rejasining 4-bandiga muvofiq, 2022 yilda Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish markazi bilan imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktabdan kelib tushgan xat asosida joriy yilning 17 noyabrdan boshlab Toshkent shahar Yashnobod tumani 52-sonli maktab (216 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar) tarbiyalanuvchilari uchun bepul malakali tibbiy ko‘riklarni tashkil etish boshlandi.

Tibbiy ko‘riklar quyidagi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilmoqda: psixiatrlar, nevropatologlar, oftalmologlar, terapevtlar, UTT (UZD) apparati bilan ishlovchi ginekologlar, ortopedlar, stomatologlar, LOR shifokorlari, nefrologlar, urologlar, kardiologlar, travmatologlar, endokrinologlar, EKG va UTT bo‘yicha mutaxassislar.

Bugun — birinchi kun.

Tibbiy ko‘riklar 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva