Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Yuksak ma`naviyat — malakali shifokor tayanchi

19 May 2026

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Toshkent                                          19.05.2026

 

Yuksak ma’naviyat — malakali shifokor tayanchi

 

2026-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-sonli “O‘zbekiston–2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, xususan, mazkur hujjatda belgilangan 119-band doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash” fakulteti “Oilaviy tibbiyot” kafedrasi, kasb kasalliklari-patologiyasi kursi bilan” kafedrasi assistenti Kdirbayeva Firuza Reimovna boshchiligida kursant tinglovchilar bilan birgalikda “Islom sivilizatsiyasi markazi”ga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida bo‘lajak va amaliyotdagi shifokorlar yurtimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning tibbiyot, ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk tabiblar merosi, sharq tabobati tarixiga oid ma’lumotlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, ekskursiya davomida shifokor kasbining nafaqat bilim va malaka, balki yuksak ma’naviyat, insonparvarlik va fidoyilik bilan chambarchas bog‘liqligi alohida ta’kidlandi. Tinglovchilar uchun tashkil etilgan ushbu ma’rifiy tashrif ularning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda shifokorlik kasbiga bo‘lgan mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tibbiyot xodimlarini har tomonlama yetuk, bilimli va yuksak ma’naviyatli mutaxassis etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi:                                   M.B.Mustafoyeva