
AXBOROT XATI
HURMATLI HAMKASBLAR !
Sizlarni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi uzluksiz ta’lim» Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda 2025-yil 6 -8 may kunlari Toshkent shahrida aralash shaklda o‘tkaziladigan xalqaro shakldagi "Chegarasiz Pediatriya - 2025" II kongressida ishtirok etishga taklif etamiz.
Kongress O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF 60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni,2023-yil 8- sentabrdagi PQ 296-sonli «Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2021-yil 28-iyuldagi PQ 5199-sonli «Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2021-yil 25-maydagi 5124-sonli PQ «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2020-yil 6-yanvardagi PQ 4310-sonli “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 12-noyabrdagi PQ 4891-sonli «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish doirasida o‘tkaziladi.
Kongress bolalar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni birlashtiradi,shuningdek bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning dolzarb muammolarini muhokama qilish hamda ularni hal qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maydoniga aylanadi.
ILMIY DASTUR
Kongressda bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish va takomillashtirish, sog‘lom va kasal bolalarni ovqatlantirish, emlash, bolalar kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy tamoyillari, pediatriyani rivojlantirishning ilmiy va amaliy jihatlari, bolalar ta’limi vazifalari va pediatriyaning boshqa dolzarb muammolari, shuningdek ularni bartaraf etish yo‘llari aks etadi:
• O‘zbekiston Respublikasida pediatriya xizmatini yanada rivojlantirishning tibbiy, ijtimoiy va tashkiliy masalalari. Muammolar va ularning yechimi;
• O‘zbekiston Respublikasida bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda xalqaro hamkorlik;
• Bolalarda antibiotik terapiyaning dolzarb muammolari;
• Sog‘lom va bemor bolaning ovqatlanish masalalari, shu jumladan ko‘krak suti bilan oziqlantirishni targ‘ib qilish;
• Pediatriyada va bolalar nevrologiyasida yangi klinik protokollar;
• Yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi;
• Bolalar allergologiyasi va immunologiyasining dolzarb masalalari;
• Pediatr amaliyotida ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar;
• Bolalar nogironligi muammolari;
• Kam uchraydigan ( orfan) kasalliklar;
• Bolalar pulmonologiyasi, gastroenterologiyasi, nefrologiyasi, kardiologiyasining dolzarb masalalari;
• Bolalar sog‘ligini saqlash sohasidagi xalqaro hamkorlik;
• O‘zbekiston pediatriyasining rivojlanish tarixi;
• Bolalarda postkovid sindromni tashxislash muammolari, belgilari va oqibatlari, davolashda fanlararo yondashuv va ularni boshqarish.
MUHIM SANALAR:
Maqolalar qabuli — 2025-yil 10 -fevralgacha
Ma’ruza bilan ishtirok etish uchun arizalar qabuli —
2025 yil 10 martgacha
Kongress doirasida:
-2025-yil 07-08 may kunlari “Yevrosiyo pediatr va neonatologlari assotsiatsiyasining І syezdi” ;
- I Yosh olimlar respublika ko’rik tanlovi o‘tkaziladi.
HURMATLI ISHTIROKCHILAR!
Kongress tugagandan so‘ng ishtirokchilarga 24 kredit sertifikatlar beriladi.
Ishtirok etish shakllari: og‘zaki ma’ruza bilan ishtirok etish, stend ma’ruza, ma’ruzasiz ishtirok etish, kongress materiallaridagi nashrlar. Kongressning ishchi tili: o‘zbek, rus va ingliz tillaridir. Maqolalarni nashr etish bepul.
Kongress doirasida O'zbekiston va xorijning etakchi olimlari va malakali mutaxassislari ishtirokida pediatriyaning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha sektsion majlislar, mahorat darslari o'tkaziladi.
Stend ma'ruzalar. Plakatlar o'lchamlari: 118x108 (bo'yi x eni) - 2ta doklad uchun, 118x54 - 1ta doklad uchun.
MAQOLALARNI SHAKLLANTIRISHGA QO‘YILGAN TALABLAR:
Maqola Word dasturida komputerda yozilishi kerak. Chegaralar: yuqori va pastki 2 sm, chap 3 sm, o‘ng 1,5 sm. Asosiy shrift Times New Roman, asosiy matnning shrift o‘lchami 14, satrlar oralig‘i bir yarim, matnni kengligi bo‘yicha tekislash, qizil chiziq 1,5 sm. Maqola PDF formatida saqlanishi kerak.
Sahifalarni raqamlash talab etilmaydi. Chizmalar matnga kiritilgan bo‘lishi lozim. Har bir rasmda chizma ostida sarlavha va matnda unga havola bo‘lishi kerak
Kvadrat qavs ichida adabiyotga havolalar [1,2] maqolaga biriktirilgan va alifbo tartibida tuzilgan havolalar ro‘yxatiga muvofiq, avval o‘zbek tilidagi, keyin chet tilidagi manbalar ko‘rsatiladi.
Sharh maqolalarining hajmi 10 sahifagacha, havolalar ro‘yxati 12-15 manbadan iborat bo’lishi zarur. Sharh maqolalarni ko‘rib chiqish izohlar hajmi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) 0,3-0,5 betdan oshmasligi kerak, 3-5ta kalit so‘zlar bilan. Maqolada quyidagilar bo‘lishi kerak: qisqacha kirish (ajratilmaydi), tadqiqot maqsadi, tadqiqot materiallari va usullari, tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish, xulosa, adabiyotlar. Tahririyat bilan aloqada bo‘lish uchun mualliflarning telefon raqamini ko‘rsatishingiz zarur hisoblanadi.
TASHKILIY QO‘MITA
• O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi (O‘zR SSV);
• Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (TXKMRM);
• Rossiya Federatsiyasi SSV « Oliy o‘quv yurtidan keyingi uzluksiz ta’lim» Tibbiyot Akademiyasi ;
• O‘zbekiston Respublikasi pediatrlar assotsiatsiyasi;
• Yevrosiyo pediatrlar assotsiatsiyasi;
• Texnik tashkilotchi – Medznaniya Uzbekistan .
TASHKILIY QO‘MITA TARKIBI:
Manzil: Toshkent sh., Mirzo-Ulugbek tumani, Parkent kucha, 51
( TXKMRM)
- Saidazizova SH.X. ( 998(90) - 970-84-00) - TXKMRM pediatriya fakulteti dekani , t.f.d.
- Axmedova I.M ( 998(94) - 693-98-86 ). - TXKMRM Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi mudiri, t.f.d., O‘zbekiston Respublikasi pediatrlar assotsiatsiyasi raisi;
- Nazarova I.D. ( 998(97)- 450-11-02) – TXKMRM Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi dotsenti. t.f.n.
- Sultanxodjaeva SH.S. ( 998(90)- 909-35-00) – TXKMRM Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi dotsenti. t.f.n.
- Salixova M.Z. ( 998(97)- 750-77-20) – TXKMRM Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi assistent
- Zaxarova I.N. ( 7( 916 )-602-03-68) - professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, Rossiya Federatsiyasi SSV « Oliy o‘quv yurtidan keyingi uzluksiz ta’lim» Tibbiyot Akademiyasining G. N. Speranskiy nomidagi pediatriya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori., Evroosiyo pediatr va neonatologlar assotsiatsiyasi prezidenti.
Kongressda ishtirok bo‘yicha ma’lumotlarni
www.tipme.uz. saytida olishingiz mumkin
O‘tkazish joyi: O‘zbekiston, Toshkent sh. 100027, Shayxontohur tumani, O'qchi ko‘chasi, 1 . “ Hilton Tashkent City” mexmonxonasi.
MedZnaniya saytida onlayn translyasiya orqali namoyish etiladi.
HURMAT BILAN KONGRESS TASHKILIY QO‘MITASI!