AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi Sizni 2026 yil 14 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan
“Pediatriyada fanlararo hamkorlik” mavzusidagi
Xalqaro Kongress
ishida faol ishtirok etishga taklif etadi.
O‘tkazilish formati: gibrid (oflayn onlayn)
O‘tkaziladigan sana: 14 may 2026-yil
O‘tkaziladigan joy: Hyatt Regency mehmonxonasining kongress-xolli, Navoiy k., 1A, 100017, Toshkent, O‘zbekiston
Kongress o‘tkaziladigan tillar: o‘zbek, rus, ingliz
Kongress quyidagi hujjatlar doirasida tashkil etiladi:
- PF-60 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori «2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni (2022-yil 28-yanvar);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari:
- PQ-296 «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» (2023-yil 8-sentyabr);
- PQ-5199 «Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (2021-yil 28-iyul);
- PQ-5124 «Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» (2021-yil 25-may);
- PQ-4310 «Tibbiy va farmatsevtik ta’lim hamda fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (2019-yil 6-may);
- PP-4891 «Tibbiy profilaktika samaradorligini oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» (2020-yil 12-noyabr)
КONGRESS TASHKILOTCHILARI
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
O‘zbekiston Respublikasi Pediatrlar Assotsiatsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi bolalar nevrologlari assotsiatsiyasi
Kongressning maqsadi
Kongress pediatriya va turdosh yo‘nalishlar mutaxassislarini birlashtirib, ayollar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish masalalarini muhokama qilish uchun professional maydon yaratadi.
Kongressning ilmiy dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• fertil yoshdagi ayollar va bolalar, jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam;
• sog‘lom va kasal bolaning ovqatlanishi;
• immunoprofilaktika;
• bolalar kasalliklarini diagnostika va davolashning zamonaviy usullari;
• pediatrlarning bolalar nevrologlari, reanimatologlar, oftalmologlar, jarrohlar va boshqa mutaxassislar bilan fanlararo hamkorligi;
• zamonaviy laborator va instrumental diagnostika;
• palliativ yordam va tibbiy reabilitatsiya;
• ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.
Kongressning ilmiy yo‘nalishlari
➢ Pediatriya xizmatini rivojlantirish muammolari va yechimlari;
➢ Xalqaro hamkorlik;
➢ Yangi klinik protokollar muhokamasi;
➢ Immunoprofilaktika;
➢ Bolalar nogironligi muammolari;
➢ Orfan kasalliklar.
TASHKILIY QO‘MITA RAISI
Akilov Habibulla Ataullayevich
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, t.f.d., professor
TASHKILIY QO‘MITA RAISI O‘RINBOSARLARI
Qosimova Muniraxon Sodiqjanovna
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, t.f.d., professor
Nasirova Umida Feruzovna
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari, t.f.d., professor
Tashkiliy qo‘mita a’zolari
Saidazizova Shaxlo Hibziddinovna
Pediatriya fakulteti dekani, t.f.d.
Ahmedova Inobat Muhamedjanovna
O‘zbekiston Pediatrlar Assotsiatsiyasi raisi, Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi mudiri, t.f.d.
Shamansurov Shanvar Shamuratovich
O‘zbekiston Respublikasi Bolalar nevrologlari assotsiatsiyasi raisi, t.f.d., professor, Bolalar nevrologiyasi kafedrasi mudiri
Abdujaborova Z.M. t.f.d., professor, Pediatriya kafedrasi mudiri
Shaxizirova I.D. t.f.d., professor, Pediatriya kafedrasi
Nazarova E.D. t.f.n., dotsent, Pediatriya va bolalar ovqatlanishi kafedrasi
Gafurova F.A. t.f.d., Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot kafedrasi mudiri
Isanbayeva L.M. t.f.d., dotsent, Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot kafedrasi
Yeshimbetova G.Z. t.f.d., professor, Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot kafedrasi
Artixodjayeva G.Sh. t.f.d., dotsent, Akusherlik, ginekologiya va perinatal tibbiyot kafedrasi
Karimova F.D. t.f.d., professor, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri
Niyazmetov R.E. t.f.d., professor, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
Djurayeva D.L. t.f.n., dotsent, Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
Latipova G.G. t.f.n., dotsent, Neonatologiya kafedrasi
Tulyaganova N.M. PhD, dotsent, Bolalar nevrologiyasi kafedrasi
Nazarova S.O. PhD, assistent, Bolalar nevrologiyasi kafedrasi
Sayfuddinova S.R. t.f.d., dotsent, Bolalar nevrologiyasi kafedrasi
Hamrayeva G.Sh. t.f.d., professor, Bolalar anesteziologiyasi va intensiv terapiya kafedrasi mudiri
Muxiddinova X.N. t.f.d., professor, Bolalar anesteziologiyasi va intensiv terapiya kafedrasi
Mavlyanov Z.I. d.m.n., TXKMRM ning filial direktori
KONGRESSDA QATNASHISH BO‘YICHA MA’LUMOT OLISH
uchun telefonlar: 998(90) 970-84-00, 9989(94) 693-98-86, hamda: www.tipme.uz saytida
Ilmiy materiallar
• maqolalar – 2026 yil 15 aprelgacha
• ma’ruza arizalari – 2026 yil 1 aprelgacha
• Kongress materiallar to‘plamida maqolalarni nashr etish bepul.
Ishtirok shakllari
• og‘zaki ma’ruza
• poster ma’ruza
• ma’ruzasiz ishtirok
• ilmiy maqola
Sertifikatlash. Kongress yakunida ishtirokchilarga 8 ta ta’lim krediti beriladi.