Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi
Toshkent 26.05.2023
2023 yil 25-26 may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” majmuasida Oʼzbekiston - Germaniya birinchi tibbiyot forumi boʼlib oʼtdi. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi oʼrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʼyicha kelishuv imzolandi. Oʼzbekiston – Germaniya xalqaro sogʼliqni saqlash forumida bir guruh germaniyalik hamkorlar "Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash aʼlochisi" koʼkrak nishoni, "Faxriy professor" unvoni va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi: Sh.R.Maksudova
Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi metodisti: M.B.Mustafoeva