Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

“Kuzgi maktab” IX Xalqaro gastroforumi

15 Noy 2024

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Ma'naviyat va ma'rifat boʼlimi

Toshkent sh.                                                      15.11.2024 yil

Joriy yilning 15 noyabr kuni “International Tashkent” mehmonxonasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori, professor X.A.Akilov, “Terapiya” fakulteti dekani, professor F.I.Xamrabayevalar boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 02-28/25841-sonli ko’rsatma xatiga binoan “Kuzgi maktab” IX Xalqaro gastroforumi tashkil etilda. Forumda ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda fanlararo yondashuv hamda bolalar gastroenterologiyasi muammolariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu xalqaro hamkorlikda tashkil etilgan onlayn va offlayn formatdagi tadbirda mamlakatimiz mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya, Ukraina, Gruziya kabi davlatlardan yetakchi olimlar va ekspertlari ham ishtirok etdilar.