Muhtaram(a) Markazning zalvorli, ishonsa arziydigan, suyansa tog‘ bo‘ladigan, jahon ayvonida mag‘rur turadigan rahbariyati hamda xodimlari, markaz ishonchi va tayanchi bo‘lgan navqiron yoshlari!!!
Barchangizni “9 may Xotira va qadrlash” kuni so‘nmas jasorat, mana 79 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda. Bu-hech qachon unutilmaydigan, hech qanday kuch bizdan tortib ololmaydigan buyuk tarix, qudratli ma’naviy boyligimizni asrash har birimizning burchimiz. Barchamizning ezgu niyatlarimiz ushalsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Cheksiz ehtirom ila Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi