Shrift o'lchami: A A A
Fon rangi: A A
Ishonch telefoni (+998 71) 268-17-44
Elektron pochta info@tipme.uz

Tibbiy ta`limda yangi hamkorlik

18 Noy 2025

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Toshkent                                                17.11.2025

2025 yilning 10–17 noyabr kunlari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori X.A.Akilov boshchiligida Malayziyaga xizmat safari amalga oshirildi.

Tashrif doirasida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Gano Excel Industries Sdn. Bhd. (Malayziya) hamda Institut Perubatan dan Pergigian Termaju (IPPT), Universiti Sains Malaysia (USM) o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumning asosiy maqsadi — ilmiy-amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, malaka oshirish dasturlarini takomillashtirish va tibbiyot sohasi bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir. Safar davomida delegatsiya tarkibidagi ilmiy salohiyatga ega yetuk mutaxassislarning chiqishlari F.I. Xamrabayeva — Gano Plus preparatining yog‘li jigar va o‘t tosh kasalliklaridagi samaradorligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy loyiha rahbari hamda Ya.S. Mamadalieva — Gano Plus ekstraktining sut bezi saratoni bo‘yicha klinik tadqiqot loyihasi rahbari chiqishlari katta qiziqish uyg‘otdi.

Ushbu tashrif nafaqat o‘zaro tajriba almashishni kuchaytirdi, balki tibbiy ta’lim va ilmiy izlanishlarda yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va strategik hamkorliklar uchun keng imkoniyatlar ochdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i:                              Sh.R.Maksudova

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti:                             M.B.Mustafoyeva