Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi 2022-yil 8-avgustdagi OʻRQ-788-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-88-son Farmoni va “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-185-son qarori bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining) tashkiloti oʻrtasidagi xamkorlik loyihasining rejasini amalga oshirish maqsadida, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazini “Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish” kafedrasida xalqaro ekspertlar ishtirokida 72 kreditli “Yirik koʻp tarmoqli tibbiyot muassasalarini boshqarish yoʻnalishlari/asoslari” mavzuiy xamda 180 kreditli “Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash. Tizimni moliyalashtirish transformatsiyasi” umumiy malaka oshirish kurslarii joriy etildi. 2025-yilning 20-oktyabr – 01-noyabr kunlari bilan 72 kreditli siklning pilot bosqichi Samarqand viloyati tibbiyot muassasalarining raxbar xodimlari uchun boʻlib oʻtdi. Ushbu siklda 35 nafar tinglovchi taʼlim oldi. Taʼlim jarayoni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasining ekspertlari xamda TXKMRMning Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi xodimlari tomonidan olib borildi. Taʼlim gibrid (kunduzgi sayyor) tartibda oʻtkazildi. Sikl yakunida xar bir tinglovchiga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.