
TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI
TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETI
“SHIFOKOR” MTYO
Toshkent sh 21 fevral 2023 yil
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tasarrufidagi "Shifokor MTYo"da navbatdagi ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.R.Maksudova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish va go‘zallik sirlariga bag‘ishlangani ma’ruza bilan “Gano Shifo” raxbari, mutaxassis Akbarova Laziza Askarovna so‘zga chiqdi.
Bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan "Immun tizimining mustahkamligi, mikronutrientlar tanqisligi muammolari va ularni bartaraf etish masalalari" mavzusidagi prezentatsiya bilan "Gano IRT medicus Wellness" klinikasi bosh shifokori, b.f.n., Maxmudova Dilorom Salaxitdinovna va "Gano IRT medicus Wellness" klinikasi bosh shifokor o‘rinbosari, kardiolog-nutritsiolog Dultaev Shodiyor Norjigitovichlar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida Chilonzor tumani madaniyat uyi raxbari Shavkat Ashurov tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilari- kursant tinglovchilarga ma’naviy ozuqa bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu bilan birga markazga malaka oshirish uchun tashrif buyurgan havaskor kursant-tinglovchilar tomonidan ijro etilgan ko‘shiqlar kechaga samimiy kayfiyat ulashdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i: Sh.R.Maksudova
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti: A.X.Xaydarova