Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Menejment. ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash fakulteti
Pediatriya fakulteti
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Toshkent 21.04.2026 yil
2026-yil 21-aprel kuni Markaz majlislar zalida “Menejment, ijtimoiy va birlamchi sog‘liqni saqlash” fakulteti hamda “Pediatriya” fakulteti birgalikda “Ma’naviyat kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani, t.f.d. Sh.X. Saidazizova kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarni mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bilan qutladi.
Tadbir davomida bir qator mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, “Bolalar asab kasalliklari” kafedrasi mudiri, professor Sh.Sh. Shamansurov tomonidan “Hayot qonunlari bolalar nevrologi nigohida” mavzusida ma’ruza qilinib, bolalar salomatligi, asab tizimi va hayot tarzining o‘zaro bog‘liqligi chuqur yoritib berildi.
Shuningdek, “Valeologiya” kafedrasi mudiri, dotsent N.N. Fayziyeva “Preventiv tibbiyot. Valeologiya asoslari” mavzusida chiqish qilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olishning ahamiyati haqida muhim fikrlar bildirdi.
Tadbirning eng qiziqarli qismi sifatida el ardog‘idagi san’atkor — O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissiyor, senariy muallifi Jahongir Qosimov hamda iqtidorli aktyor Merdan Matveliyev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, samimiy suhbatlar, bahs-munozaralar esa tadbirga yanada ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida "Aviaparvozning yagona qurboni" filmi namoyish etildi. Ushbu film inson taqdiri, hayot sinovlari va ichki kechinmalarni chuqur aks ettirgan bo‘lib, tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Film orqali hayotning murakkab jihatlari, insoniy sabr va irodaning ahamiyati yorqin ifodalangan.
Tadbir ishtirokchilari, xususan shifokorlar uchrashuvdan katta taassurot oldilar. Ular nafaqat tibbiy bilimlarini boyitdilar, balki ma’naviy ozuqa olib, hayotga bo‘lgan qarashlarini yanada kengaytirdilar. Bunday tadbirlar yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag'a bo'lmaydi.